Putin Ukraina bilan uruşni yakunlaş şartini aytdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni diplomatik yöl bilan yakunlaş imkoniyati borligini, biroq buning uçun avvalo Rossiya va Ukraina özaro kelişib olişi kerakligini aytdi. Bu haqda u joriy yilning 3 sentyabr kuni Şarqiy iqtisodiy forum doirasida malum qildi.
“Avvalo Rossiya va Ukraina özaro kelişib olişi kerak. Qolgan barça davlatlar esa bu jarayonni qöllab-quvvatlaş va yordam berişga tayyor. Imkoniyat bormi? Menimça, ha, bor”, degan Putin.
Şuningdek, u Moskva va Kiyev örtasida maxsus xizmatlar orqali aloqalar saqlanib qolayotganini, biroq bu aloqalar tinçlikka qançalik yordam berişini ayta olmasligini bildirgan. Putinning qayd etişiça, Qora dengizdagi transport kemalariga Ukraina hujumlari va Kiyevning Rossiya havo hududini xavfli deb atagani ikki tomonlama tinçlik muzokaralarini murakkablaştirmoqda.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa AQŞ vositaçiligidagi muzokaralar qayta boşlanişini kutayotganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, AQŞ Prezidentining vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner yaqin orada Moskva va Kiyevga taşrif buyurib, ehtimoliy tinçlik kelişuvini muhokama qiladi.
“Dastlabki sanalar bor. AQŞ prezidentining vakillari bu yerga, Kiyevga kelişini umid qilmoqdamiz. Ulardan tasdiq oldik: Moskva va Kiyevda uçraşuv böladi”, degan Zelenskiy.
Ukraina rahbari AQŞ jamoasi bilan doimiy aloqada ekanini ham aytgan. Bir neça kun avval u Uitkoff va Kuşner bilan telefon orqali suhbatlaşib, Rossiyaning jang maydonidagi yutuqlarini “ahamiyatsiz” ekanini bildirgan.
Tinçlik muzokaralarini qayta boşlaş masalasi AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliffning avgust oyi oxirida Moskvaga elon qilinmagan taşrifidan söng yana kun tartibiga çiqqan. Retkliff taşrif davomida Rossiya maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uçraşgan. Kreml uning Vladimir Putin bilan uçraşmaganini, biroq Rossiya va AQŞ maxsus xizmatlari örtasidagi aloqalar davom etayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kuşner Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni yakunlaş böyiça tinçlik kelişuviga erişiş uçun xorijga yöl olişini malum qilgan edi.