Tramp: Putin tinçlikni istayapti, kelişuvga Zelenskiy tösqinlik qilyapti
15-01-2026, 18:23
99 марта

Tramp: Putin tinçlikni istayapti, kelişuvga Zelenskiy tösqinlik qilyapti
AQŞ prezidenti Donald Tramp Reuters’ga bergan intervyusida Ukrainadagi tinçlik kelişuviga Moskva emas, Kiyev xalal berayotganini aytdi. Uning fikriça, Vladimir Putin uruşni yakunlaşga tayyor, Ukraina esa “kelişuvga nisbatan kamroq tayyor”.Ukrainada tinçlik kelişuvi tuzilişiga Moskva emas, Kiyev tösqinlik qilyapti, dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp Reuters agentligiga bergan intervyusida. Intervyu 14 yanvar, çorşanba kuni elon qilingan. Trampning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uruşni yakunlaşga tayyor, Ukraina esa “kelişuv tuzişga nisbatan kamroq tayyor”.
AQŞ rahbaridan: “Nima uçun AQŞ rahbarligidagi muzokaralar haligaça Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan beri Yevropadagi eng yirik mojaroni hal qila olmadi?” — deb söralganda, Tramp: “Zelenskiy”, — deb javob bergan, biroq tafsilotlarni oçiqlamagan.
Reuters’ning 2025 yil dekabr oyida manbalarga tayanib xabar berişiça, AQŞ razvedkasi bahosiga köra, Vladimir Putin tinçlik istagi haqida omma oldidagi bayonotlariga qaramay, hali ham Ukraina hududining töliq nazoratini örnatişga intilmoqda.
Reuters manbalarining aytişiça, AQŞ razvedkasi xulosalari köp jihatdan Yevropa maxsus xizmatlari baholari bilan ham mos keladi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful dekabr boşida Rossiya prezidenti Ukraina bilan tinçlik muzokaralarini boşlamaslik uçun izçil ravişda bahonalar qidirayotganini aytgan. “Şuning uçun ham men uning umuman tinçlik muzokaralariga jiddiy yondaşyapti, deb öylamayman”, — degan FRG TIV rahbari.