Tabiat “hazili”: eng quruq çöllardan biri qor ostida qoldi
Çili şimolidagi odatda nihoyat quruq iqlimi bilan tanilgan Atakama çölida joriy yilning avgust oyida ketma-ket kelgan qişki böronlar sabab keng hudud qor bilan qoplandi. Bu haqda NASA xabar berdi.
Malumotlarga köra, joriy yilning avgust oyidagi qor yoğişi Atakamaning ayrim hududlarida kuzatilgan avvalgi holatlardan kölami bilan farq qilgan. Xususan, böronlardan biri qor qoplamini And toğlaridan Tinç okeani sohiliga yaqin hududlargaça yoygan.
NASA va AQŞ Geologik xizmatiga tegişli Landsat 8 va Landsat 9 suniy yöldoşlari 6-14 avgust kunlari hududni börondan oldin va keyin tasvirga olgan. Suratlarda Atakamaning baland toğli qismida joylaşgan Çaxnantor platosi ham qor bilan qoplangani körinadi.

Mazkur hududda dunyodagi eng qudratli radio teleskoplardan biri – Atacama Large Millimeter/submillimeter Array (ALMA) joylaşgan. Qor va kuçli şamol sabab teleskop faoliyati vaqtinça töxtatilib, antennalar himoya rejimiga ötkazilgan.
Joriy yilning 19 avgust kuni NASA’ning Terra suniy yöldoşi tomonidan olingan tasvirlarda esa qor yanada katta hududni qamrab olgani qayd etilgan. Qor And toğlaridan Atakamaning öta quruq markaziy qismi orqali Antofagasta şahri janubidagi Tinç okeani sohiliga yaqinlaşgan.
Olimlarning qayd etişiça, mintaqada qişki yoğingarçilikning asosiy qismi odatda atmosferadagi asosiy oqimdan uzilib qolgan past bosimli tizimlar bilan boğliq.
Avgust oxiridagi böron ham şunday tizim tufayli yuzaga kelgan. Biroq bu safar past bosimli tizim Janubiy Amerika janubidan subtropiklargaça çözilgan nihoyatda katta atmosfera tölqinidan ajralib çiqqan.
Nam havo va atmosferadagi özgarişlar yoğingarçilikning okeanusti, sohilböyi hududlar, Atakama çölining markaziy qismi va And toğlarida kuzatilişiga olib kelgan. Çili universiteti atmosferaşunosi Rene Garreaud bu miqdordagi yoğingarçilikni nihoyatda quruq hudud uçun kamdan-kam uçraydigan holat deb baholagan.
Ayrim hududlarda yoğingarçilik qor emas, yomğir körinişida tuşgan. Masalan, Çilining şimoliy sohilidagi Taltal şahrida uç kun içida qariyb 40 millimetr yomğir yoğgan. Bu hududning yillik örtaça yoğingarçilik miqdoridan taxminan 10 barobar köp.
Kuçli yoğingarçilik Çili şimolida sel va suv toşqinlarini keltirib çiqargan. Mamlakatning Tabiiy ofatlarning oldini oliş va javob qaytariş xizmati (SENAPRED) malumotlariga köra, minglab odamlar zarar körgan, yuzlab uylarga jiddiy şikast yetgan.
Olimlar mintaqadagi ğayrioddiy nam qişni El-Nino hodisasining kuçayişi bilan ham boğlamoqda. Iyul oyida ham Çilining Norte-Çiko hududida kuçli yoğingarçilik kuzatilgan.
Malumot uçun, Atakama dunyodagi eng quruq hududlardan biri hisoblanadi. Unda qor yoğişi avval ham, jumladan 2025 va 2011 yillarda kuzatilgan, ammo joriy yilning avgust oyidagi hodisa qor qoplagan hududning kengligi bilan ajralib turgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilda Çilida joylaşgan dunyodagi eng quruq Atakama çölini qor qoplagani haqida xabar berilgan edi.