Aviaşouda qiruvçi samolyot qulab tuşdi
Gretsiya şarqida aviaşou vaqtida F-4 Phantom qiruvçi samolyoti halokatga uçradi. Uçuvçilarning taqdiri nomalum. Bu haqda ERT telekanali xabar berdi.
“Şanba kuni soat 15:00 ga yaqin Tanagrada namoyiş parvozi vaqtida F-4 Phantom harbiy qiruvçi samolyoti halokatga uçradi”, deyiladi telekanal xabarida.
ERT xabariga köra, namoyiş dasturi boşlanganidan bir neça daqiqa ötib samolyot balandlikni yöqota boşlagan. U yerga qulaganida portlaş yuz bergan, hozirda öt öçiruvçilar vertolyotlar yordamida olovni öçirmoqda. Samolyotda bölgan ikki uçuvçi katapulta qilişga ulgurgan-ulgurmagani nomalum.
Dastlabki malumotlarga köra, samolyot ikki qismga bölinib ketgan va ikkala qism ham yonib ketgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning ğarbiy qismidagi Alyaska ştatida bortida 8 kişi bölgan çarter samolyoti halokatga uçragan edi.