Rossiya poçtasiga dronlarga qarşi qurollanişga ruxsat berildi
Rossiya hukumati “Poçta Rossii” taşkilotini dronlarga qarşi kuraşiş uçun texnik vositalar bilan jihozlaşga ruxsat berdi. Tegişli qarorni mamlakat Boş vaziri Mixail Mişustin imzoladi. Hujjat 3 sentyabr sanasi bilan qayd etilgan.
Qaror federal poçta aloqasi taşkilotlari jihozlanişi mumkin bölgan va 2005 yildan beri amal qilib kelayotgan qurol-aslaha va maxsus vositalar röyxatini töldiradi. Unga dronli havo, suvosti va suvusti kemalari hamda apparatlariga, dronli transport vositalariga va boşqa avtomatlaştirilgan dron majmualariga qarşi kuraşiş vositalari kiritilgan.
Uşbu özgartirişga qadar ruxsat etilgan jihozlar röyxati xizmat va fuqarolik qurollari, patronlar, bronejiletlar va boşqa şaxsiy himoya vositalarini öz içiga olgan. Dronlarga qarşi vositalar (aynan qaysilari ekani aytilmagan) alohida kategoriyaga ajratilgan.
Şu bilan birga, qarordan “Poçta Rossii”ning aynan qaysi xodimlari dronlarga qarşi kuraşiş vositalaridan foydalanişi mumkinligi aniq emas. 2005 yilgi qaror poçta jönatmalari va pul mablağlarini qöriqlaydigan xodimlarga qurol beriş meyorlarini alohida, federal poçta aloqasi taşkilotlarini jihozlaş uçun qurol va maxsus vositalarning umumiy röyxatini esa alohida belgilaydi. Hukumat dronlarga qarşi kuraşiş vositalarini aynan ikkinçi – umumiy röyxatga qöşgan bölib, ular berilişi mumkin bölgan xodimlarning konkret lavozimlarini körsatmagan.
Qayd etiş joiz, Ukraina Rossiyaning Wildberries va Ozon logistika kompaniyalirini doimiy ravişda bombardimon qilmoqda. Rossiya hukumatining yuqoridagi qarori aynan şu vaziyat fonida qabul qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rostov viloyatida Ukraina dronlari hujumi oqibatida Ozon’ning logistika markazlaridan birida yonğin çiqqan edi.