Isroil-Eron uruşi Ukraina uçun ajoyib imkoniyat yaratdi
8-03-2026, 06:23
489 марта

Isroil-Eron uruşi Ukraina uçun ajoyib imkoniyat yaratdi
AQŞning Eronga qarşi harbiy amaliyoti Pentagon va Ukraina örtasida muhokama qilinayotgan dron texnologiyalari böyiça kelişuviga tezlik qöşdi. Vaşington Kiyevning dronlarga qarşi kuraşda töplagan tajribasidan foydalanişni körib çiqmoqda. Bu haqda “Politico” yozdi.Sönggi yillarda Rossiyaning “Şahid” turidagi dron hujumlariga qarşi kuraşiş jarayonida Ukraina arzon va samarali töxtatuvçi dronlar hamda boşqa usullarni işlab çiqqan. Eron ham şunga öxşaş arzon dronlardan faol foydalanayotgani AQŞ va uning ittifoqçilari uçun jiddiy muammoga aylangan. Masalan, arzon dronlarni yöq qiliş uçun qimmatbaho raketa tizimlaridan foydalaniş iqtisodiy jihatdan samarasiz ekani aytilmoqda.
Manbalarga köra, Pentagon va Ukraina örtasida texnologiya almaşiş böyiça muzokaralar qariyb bir yildan beri davom etmoqda. AQŞ harbiy vakillari yaqinda Kiyevga taşrif buyurib, sinovdan ötgan dronlarga qarşi texnologiyalardan qanday foydalaniş mumkinligini muhokama qilgan.
Ukraina uçun bu muzokaralar muhim diplomatik imkoniyat sifatida baholanmoqda. Kiyev AQŞ va boşqa hamkorlarga öz tajribasini taklif qiliş orqali qöşimça moliyaviy va harbiy yordamga erişişni maqsad qilmoqda. Şu bilan birga, dron texnologiyalarini boşqalarga beriş özining mudofaa qobiliyatiga salbiy tasir qilmasligiga ham etibor qaratmoqda.