USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mayamida samolyot qulab, yonib ketdi. Qurbonlar bor

110 марта
Майамида самолёт қулаб, ёниб кетди. Қурбонлар бор

AQŞning Florida ştatidagi Mayami xalqaro aeroportida Amazon Prime Air yuk samolyoti qöniş vaqtida uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketib, bir neçta transport vositasiga urildi. Hodisa oqibatida kamida 5 kişi halok böldi, yana 5 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Hodisa keça, 6 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga yaqin sodir bölgan. Amazon Prime Air’ning 7598-reysi Puerto-Rikoning San-Xuan şahridan Mayamiga uçib kelgan. Samolyot aeroportning diagonal uçiş-qöniş yölagiga qöniş vaqtida yölakdan çiqib ketib, atrofidagi bir neçta transport vositasiga urilgan.

Mayami-Deyd okrugining yonğin xizmati boşliği Rey Jadallahning malum qilişiça, jarohatlangan 5 kişidan 3 nafarining ahvoli oğir. Şuningdek, samolyot urib yuborgan transport vositalarida kamida 2 kişi, samolyot içida esa uçuvçi va ikkinçi uçuvçi qolib ketgan. Qutqaruvçilar ularni olib çiqiş işlarini olib borgan. Halok bölganlarning şaxsi esa hozirça rasman oşkor qilinmagan.

Malumotlarga köra, hodisa joyiga 60 dan ortiq qutqaruv guruhi va qariyb 200 nafar xodim jalb qilingan. Qutqaruv işlari davomida samolyotdan yonilği sizib çiqişi aniqlangan va favqulodda xizmatlar hududda xavfsizlik çoralarini kuçaytirgan. Halokatdan söng, Mayami xalqaro aeroportida barça reyslar vaqtinça töxtatilgan. 6 sentyabr kuni keçga borib, aeroportdagi 4 ta uçiş-qöniş yölagidan ikkitasi qayta foydalanişga topşirilgan.

AQŞ Milliy transport xavfsizligi kengaşi hodisa sabablarini aniqlaş uçun tergov guruhini yuborgan. Tergovga kengaş raisi Jennifer Homendi rahbarlik qilmoqda. AQŞ Milliy transport xavfsizligi kengaşi hodisa yuzasidan dastlabki brifingni bugun, 7 sentyabr kuni Mayamida ötkazişini malum qilgan.

Amazon kompaniyasi ham halokat tafsilotlarini aniqlaş uçun mahalliy rasmiylar bilan hamkorlik qilayotganini bildirgan. Kompaniya vakiliga köra, hozirgi vaqtda asosiy etibor hodisaga aloqador barça insonlarning xavfsizligi va ularga yordam körsatişga qaratilgan. Boeing va 21 Air kompaniyalari ham hukumat tomonidan olib borilayotgan tergovga yordam berişini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Kaliforniya ştatidagi Fresno şahri aeroporti yaqinida kiçik samolyotning qulab tuşişi oqibatida ikki nafar bola halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: