USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya NATOning şarqiy qanotiga bosimni kuçaytiradi – Ukraina razvedkasi

58 марта
Россия НАТОнинг шарқий қанотига босимни кучайтиради – Украина разведкаси

Rossiya NATOning şarqiy qanotidagi davlatlarga bosimni kuçaytirib, alyansning bunga javobini sinab körişga urinadi. Bu haqda Ukraina Mudofaa razvedkasi boşliği Oleg Ivaşçenko “Ukrinform”ga bergan intervyusida malum qildi.

Ivaşçenkoning sözlariga köra, Rossiya bosimni kuçaytiriş orqali NATO davlatlarining Moskva bilan oçiq qarama-qarşilikka qançalik tayyorligini tekşirmoqçi. Şuningdek, Kreml Yevropa mamlakatlariga axborot va psixologik tasir ötkazib, ularning Ukrainaga harbiy yordamini kamaytirişga erişişni közlamoqda.

Uning aytişiça, Rossiyaning Ruminiya, Polşa va Boltiqböyi davlatlari havo hududini buzişi, NATO çegaralari yaqinidagi harbiy provokatsiyalar, Yevropadagi muhim infratuzilmaga qarşi diversiyalar, kiberhujumlar va dezinformatsiya kampaniyalari kuzatilmoqda.

Ivaşçenko joriy yilning 30 iyul kuni Rossiyaning X-101 qanotli raketasi Polşa hududiga kirib kelganini ham eslatgan. Uning aytişiça, raketaning trayektoriyasi boşidanoq Ukraina hududiga uçirilgan boşqa raketalar yönalişidan farq qilgan. Razvedka rahbari buni Rossiyaning NATOning “qizil çiziqlari”ni sinaşga qaratilgan qasddan qilgan harakati deb baholadi.

Ukraina razvedkasi rahbarining fikriça, Moskvadaning maqsadi – NATO ittifoqçilaridan biriga qurolli hujum uyuştirilgan taqdirda alyansning jamoaviy mudofaa mexanizmi qanday işlaşini sinab köriş.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruş davom etayotgan bir paytda NATO davlatlaridan biriga çeklangan hujum uyuştirib, alyansning qatiyatini sinab körişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: