Eyfel minorasida işlovçi “nomahram” ayollar minoradan haydaldi
Parijdagi Eyfel minorasiga hindu diniy delegatsiyasi taşrifi çoğida ayol xodimlar iş joylarini tark etişga majburlangani haqidagi xabarlar yuzasidan tekşiruv boşlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Hodisa joriy yilning 6 sentyabr kuni taxminan 100 nafar kişidan iborat, BAPS nomi bilan tanilgan hindu diniy taşkilotiga aloqador delegatsiyaning Eyfel minorasiga yopiq taşrifi vaqtida sodir bölgani aytilmoqda.
Kasaba uyuşmasi vakili Dian Davuanning “Reuters” agentligiga aytişiça, delegatsiya ötib ketayotgan paytda ayol xodimlardan iş joylarini tark etiş va ularning örniga erkak hamkasblarini qöyiş söralgan. Hodisa xodimlar örtasida norozilik keltirib çiqargan.
Qayd etilişiça, keça, 7 sentyabr kuni xodimlar voqeani muhokama qiliş va rahbariyat bilan muloqot ötkaziş uçun yiğiliş ötkazgan. Şu sababli Eyfel minorasi keçroq oçilgan, kiriş qismida esa keçikiş “operatsion sabablar” bilan izohlangan yozuv paydo bölgan.
Davuanning aytişiça, minora mamuriyati xodimlardan hodisa uçun uzr söragan.
Parij meri Emmanuel Greguar voqea yuzasidan imkon qadar tezroq tekşiruv boşlanişini malum qilgan. U xodimlarning noroziligi asosli ekanini takidlab, yuz bergan holatga olib kelgan barça sabablar aniqlanişi zarurligini aytgan.
Şuningdek, hodisa yuzasidan BAPS taşkiloti ham bayonot bergan. Unda delegatsiyaning kelişi taşrif buyuruvçilarga xalaqit bermaslik maqsadida minora oçilişi bilan bir vaqtga rejalaştirilgani aytilgan. Taşkilot vakillarining takidlaşiça, ularga malum bölgan holatga köra, heç kim Eyfel minorasiga kirişdan tösib qöyilmagan. Şu bilan birga, BAPS yuzaga kelgan noqulaylik yoki oğriqli holat uçun uzr söragan.
Malum qilinişiça, Frantsiya Milliy assambleyasi raisi Yael Braun-Pive ham voqeaga munosabat bildirgan. U Frantsiyada ayollar jamoat hayotida erkaklar bilan teng ravişda iştirok etişini takidlab, boşqalarni qabul qiliş mamlakat qadriyatlaridan voz keçişni anglatmasligini bildirgan.
Bildirilişiça, BAPS delegatsiyasi Frantsiyaga Parij atrofida hindu ibodatxonasi oçilişi munosabati bilan ötkazilgan tadbirlarda iştirok etiş uçun borgan bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyada Eyfel minorasiga tegişli tarixiy spiral zinaning bir bölagi auktsionda qariyb 450 ming yevroga sotilgandi.