USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yonayotgan Parij: Frantsiyadagi bayram azaga aylandi

364 марта

Yonayotgan Parij: Frantsiyadagi bayram azaga aylandi 

Yevropa Çempionlar ligasi finalida “Pari Sen-Jermen” (PSJ)ning ğalabasidan söng Frantsiya poytaxti Parijda ommaviy tartibsizliklar yuz berdi. Bu haqda Frantsiya Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Malumotlarga köra, bir kişi halok bölgan, yana bir kişi komaga tuşgan, 219 kişi jarohatlangan va qariyb 800 kişi qölga olingan.

Halok bölgan yigit 2002 yilda tuğilgan bölib, u tungi bayram paytida motottsikl boşqaruvi ustidan nazoratni yöqotib, beton tösiqqa urilgan.


Oradan bir neça soat ötib, 17 yoşli yigitga piçoq bilan hujum qilingan. Guvohlarning aytişiça, u talonçilik sodir etganidan keyin tört kişi unga taşlangan. Jabrlanuvçi oğir jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Final huştagi yangraşi bilan Eyfel minorasi PSJ ranglarida yoritilgan. Minglab muxlislar köçalarga çiqib, jamoa tarixidagi yirik muvaffaqiyatni nişonlay boşlagan.

Ayniqsa, poytaxtning mrkaziy köçalarida vaziyat keskinlaşdi. Bu yerga qariyb 20 ming muxlis yiğilgan. Bayram vaqt ötişi bilan politsiya bilan töqnaşuvlarga, petardalar portlatilişiga va yonğinlarga aylangan.

Tartibsizliklar oqibatida kamida olti avtomobil, novvoyxona va restoran binolari zarar körgan. Eyfel minorasi atrofida axlat konteynerlari yonib ketgan, politsiya esa olomonni tarqatiş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz qöllagan.

Pars des Prinses yaqinida ham muxlislar politsiyaga pirotexnika vositalarini uloqtirgan. Stadion hududidagi tartibsizliklar öyin davomidayoq boşlangan. Mahalliy OAV malumotlariga köra, 150 ga yaqin muxlis stadionga bostirib kirişga uringan.
Voqealar ehtimoli oldindan hisobga olinib, Frantsiya hukumati 22 ming nafar politsiyaçi va jandarmlarni safarbar qilgan edi. Ularning 8 ming nafari Parij va uning atrofida xizmat qilgan.

PSJ prezidenti Nesser Al-Xelaifi muxlislarni vazminlikka çaqirib, “muammo çiqarmaslikni” söragan. Klub ham bayramlarni masuliyat bilan ötkazişga davat qilgan, biroq bu çaqiriqlar tartibsizliklarning oldini ola olmagan.
Şunga qaramay, Frantsiya Içki işlar vazirligi Parijdagi tantanali çempionlik paradini bekor qiliş uçun asos yöqligini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: