PSJning ÇLdagi ğalabasidan söng Frantsiyada muxlislar töpolon qildi
31-05-2026, 17:03
182 марта

PSJning ÇLdagi ğalabasidan söng Frantsiyada muxlislar töpolon qildi
Keça, 30 may kuni Çempionlar ligasi final uçraşuvida “Pari Sen-Jermen” (PSJ) Londonning “Arsenal” klubi ustidan ğalaba qozonganidan keyin politsiya xodimlari va futbol muxlislari örtasida yuz bergan töqnaşuvlar oqibatida Frantsiyada 416 kişi hibsga olindi. Bu haqda Frantsiya Içki işlar vaziri Loran Nunesning bayonotiga tayanib, “Le Figaro” xabar berdi.Eng köp qölga olinganlar Parij şahrida qayd etilgan – 283 kişi. Vazirning malum qilişiça, Frantsiyaning 15 ta şahrida turli infratuzilma obektlariga zarar yetkazilgan. Renn, Strasburg, Klermon-Ferran va Grenobl şaharlarida dökonlarni talon-toroj qiliş holatlari kuzatilgan.
Çempionlar ligasi finali Budapeştda bölib ötdi. Öyin translyatsiyasi, şuningdek, PSJning uy arenasi – “Park de Prens” stadionida ham taşkil etildi. IIV takidlaşiça, fanatlar va politsiya örtasidagi töqnaşuvlar hali öyin boşlanişidayoq, 150 ga yaqin kişi Parij stadioniga kuç bilan yorib kirişga uringan paytda boşlangan. “Le Figaro” malumotlariga köra, olomon politsiyaçilarga qarata pirotexnika vositalarini otgan, politsiya esa arenaga bostirib kirmoqçi bölganlarni ortga çekintirgan.
Töqnaşuvlar uçraşuv yakunlanganidan keyin ham davom etgan.