PSJ ketma-ket ikkinçi marta Çempionlar ligasi ğolibi böldi
31-05-2026, 00:53
163 марта

PSJ ketma-ket ikkinçi marta Çempionlar ligasi ğolibi böldi
Bugun, 30 may kuni PSJ va “Arsenal” jamoalari örtasida Çempionlar ligasi final bahsi bölib ötdi. Qizğin va murosasiz keçgan uçraşuvda parijliklar penaltilar seriyasida ğalaba qozonib, ketma-ket ikkinçi bor musobaqa boş sovrinini qölga kiritdi.Uyinning 6-daqiqasida “Arsenal” hujumçisi Kay Xaverts hisobni oçib, londonliklarni oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölimda PSJ taşabbusni öz qöliga oldi va 65-daqiqada Usmon Dembele penaltidan aniq zarba yöllab, hisobni tenglaştirdi. Şundan söng asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Qöşimça bölimlarda ham tomonlar ehtiyotkor harakat qildi va darvozalarga boşqa gol kiritilmadi. Natijada ğolib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.
Penaltilar seriyasida PSJ 4:3 hisobida ustun kelib, Çempionlar ligasi kubogini qölga kiritdi. Şu tariqa parijliklar ketma-ket ikkinçi mavsum Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida zafar quçdi.