USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeÇL. Fantastik öyin, “gollar yomğiri” va dahşatli qarama-qarşilik: “PSJ” ilk bahsda “Bavariya”dan ustun keldi

178 марта

YeÇL. Fantastik öyin, “gollar yomğiri” va dahşatli qarama-qarşilik: “PSJ” ilk bahsda “Bavariya”dan ustun keldi

Manba: Kollaj/Getty Images
UYeFA Çempionlar Ligasining yarim final bosqiçiga start berildi. Parij şahridagi “Park de Prens” stadionida bölib ötgan şiddatli bahsda “PSJ” “Bavariya”ni 5:4 hisobida mağlub etdi.

Öyin ikki jamoaning faol hujumlari ostida ötdi. Hisob 17-daqiqada Myunxen klubi hujumçisi Harri Keyn tomonidan oçildi. Angliyalik futbolçi belgilangan penaltini aniq amalga oşirib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi.

Şundan söng parijliklar faollikni oşirdi. 24-daqiqada Xviça Kvaratsxeliya çiroyli gol bilan muvozanatni tikladi. 33-daqiqada burçak zarbasidan uzatilgan töpni Joau Neveş boş bilan Manuel Noyer qöriqlayotgan darvozaga joylab qöydi va “PSJ”ni hisobda oldinga olib çiqdi.

41-daqiqada “Bavariya”ning frantsiyalik vingeri Maykl Olise gol urib, hisobni tenglaştirdi. Birinçi bölim yakunida maydon egalari yana hujumga urğu berdi va 45+5-daqiqada Usmon Dembele özi işlagan penaltini aniq amalga oşirib, yana “Pari Sen-Jermen”ga ustunlik taqdim etdi — 3:2.

Ikkinçi bölim, kutilganidek, yorqin vaziyatlarga boy böldi. 56-daqiqada Xviça Kvaratsxeliya, 58-daqiqada Usmon Dembele gol urib, hisobni yirik körinişga keltirdi — 5:2.

Biroq, “Bavariya” yana ustunlikni qölga oldi va 65-daqiqada Dayo Upamekano boş bilan Matvey Safonov darvozasini işğol etdi. 70-daqiqada Myunxen jamoasining kolumbiyalik vingeri Luis Dias hisobni qisqartirdi — 5:4. Mazkur hisob öyin yakuniga qadar özgarmadi.

Jamoalar örtasidagi ikkinçi töqnaşuv 7 may oqşomida Myunxen şahridagi “Allians Arena” stadionida ötkaziladi.

UYeFA Çempionlar Ligasi
1/2 final, dastlabki uçraşuv
“PSJ” — “Bavariya” 5:4
Gollar: 0:1 — Keyn (pen, 17), 1:1 — Kvaratsxeliya (24), 2:1 — Neveş (33), 2:2 — Olise (41), 3:2 — Dembele (pen, 45+5), 4:2 — Kvaratsxeliya (56), 5:2 — Dembele (58), 5:3 — Upamekano (65), 5:4 — Dias (70)

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: