Qizil kartoçka va 31 daqiqalik “remontada” — “Barselona” “Atletiko”ni mağlub etib, YeÇLni tark etdi
15-04-2026, 02:10
283 марта

Qizil kartoçka va 31 daqiqalik “remontada” — “Barselona” “Atletiko”ni mağlub etib, YeÇLni tark etdi
Uçraşuvning dastlabki daqiqalaridanoq mehmonlar töp nazorati va hujumkorlikka urğu berdi. “Matrasçilar” esa öyinni asosan tezkor qarşi hujumlar bilan ötkazdi.
4-daqiqada “kök-anorranglilar” vingeri Lamin Yamal Ferran Torresning uzatmasidan söng hisobni oçdi. 24-daqiqada Torres jamoasining ikkinçi goliga mualliflik qildi va ikki uçraşuv natijasiga köra umumiy hisobni tenglaştirdi.
31-daqiqada maydon egalari qarşi hujumdan unumli foydalanişdi. Markus Lorentening uzatmasini Ademola Lukman golga aylantirdi — 1:2. Şu tariqa “Barselona”ning “remontada” uçun urinişi yöqqa çiqdi.
56-daqiqada Ferran Torres “Barsa”ning 3-golini kiritgan edi, biroq uşbu vaziyatda VAR tizimi futbolçi ofsaydda ekanini qayd etdi va gol inobatga olinmadi.
79-daqiqada Erik Garsiya darvozabon bilan birga-bir vaziyatga çiqib borayotgan Aleksandr Syorlotga nisbatan qöpollik işlatdi va qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi. Mazkur hisob öyin yakuniga qadar özgarmadi.
Jamoalar örtasidagi dastlabki uçraşuvda “Atletiko Madrid” 10 kişi qolgan “Barselona”ni 2:0 hisobida mağlub etgan edi.
UYeFA Çempionlar Ligasi
1/4 final, javob uçraşuvi
“Atletiko” — “Barselona” 1:2
Gollar: 0:1 — Yamal (4), 0:2 — Torres (24), 1:2 — Lukman (31)
Çetlatiş: Erik Garsiya (“Barselona”, 79-daqiqa)