YeÇL. “Bavariya” mehmonda “Real”ni mağlub etdi, “Arsenal” safarda “Sporting”dan ustun keldi
8-04-2026, 06:34
170 марта

YeÇL. “Bavariya” mehmonda “Real”ni mağlub etdi, “Arsenal” safarda “Sporting”dan ustun keldi
“Real Madrid” — “Bavariya”
Kunning markaziy bahsida Madridning “Real” klubi öz maydonida Myunxenning “Bavariya” jamoasini qabul qildi.
Uçraşuvning dastlabki daqiqalaridanoq mehmonlar töp nazorati va hujumkorlikka urğu berdi. “Qirollik klubi” esa öyinni asosan tezkor qarşi hujumlar bilan ötkazdi.
Öyindagi hisob 41-daqiqada Myunxen klubining kolumbiyalik hujumçisi Luis Dias tomonidan oçildi.
Ikkinçi taymda ham Germaniya jamoasi katta ustunlikka erişdi. 46-daqiqada uyuştirilgan tezkor hujumni Harri Keyn golga aylantirdi. 74-daqiqada Kilian Mbappe oradagi farqni qisqartirdi — 1:2.
Jamoalar örtasidagi javob öyini 15 aprel kuni Myunxen şahridagi “Alliants Arena” stadionida bölib ötadi.
UYeFA Çempionlar Ligasi
1/4 final, dastlabki uçraşuv
“Real Madrid” — “Bavariya” 1:2
Gollar: 0:1 — Dias (41), 0:2 — Keyn (46), 1:2 — Mbappe.
“Sporting” — “Arsenal”
Kunning yana bir bahsi Lissabon şahridagi “Estadio Alvelade” öyingohida bölib ötdi.
Unda mahalliy “Sporting” klubi Angliyaning “Arsenal” jamoasiga qarşi öyin ötkazdi. Uçraşuv 0:1 hisobida yakunlandi. Öyindagi yagona gol 90+1-daqiqada “töpçilar” hujumçisi Kay Haverts tomonidan kiritildi.
Jamoalar örtasidagi javob öyini 15 aprel kuni London şahridagi “Emireyts” stadionida bölib ötadi.
UYeFA Çempionlar Ligasi
1/4 final, dastlabki uçraşuv
“Sporting” — “Arsenal” 0:1
Gol: 0:1 — Haverts (90+1)