U-17 Jahon çempionati. Özbekiston penaltilar seriyasida Xorvatiyadan ustun keldi
15-11-2025, 22:59
325 марта

U-17 Jahon çempionati. Özbekiston penaltilar seriyasida Xorvatiyadan ustun keldi
Qatar maydonlarida bölib ötayotgan U-17 Jahon çempionati özining qizğin pallasiga kirdi. 15 noyabr, şanba kuni 1/16 final bosqiçidan örin olgan Xorvatiya hamda Özbekiston ösmirlar jamoasi örtasidagi bahs bölib ötdi. Uçraşuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Özbekiston 3:4 hisobida ğalaba qozondi.Uçraşuvkeskin kuraşlar ostida boşlandi. Har ikki jamoa navbatma-navbat raqib darvozasi oldida xavfli hujum uyuştirdi. Öyindagi hisob 24-daqiqada Sadriddin Hasanov tomonidan oçildi. Öng qanotdan Sayfiddin Sodiqovning uzatmasini Hasanov darvozaga aniq yöllab, hisobni oçdi. Birinçi bölimda boşqa gollar kiritilmadi.
Ikkinçi bölim Xorvatiya U-17 jamoasining bir oz ustunligida boşlandi. “Şaxmatçilar” bir neçta xavfli hujum uyuştirdi. Ammo Ibrohim Şokirov darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 80-daqiqaga kelib, hisob tenglaşdi. Darvozabon hamda himoyaçilarning özaro tuşunmovçiligidan keyin Tino Kusanoviç tablodagi natijani 1:1 körinişiga keltirdi.
Şundan keyin ğolib nomi penaltilar seriyasi aniqlandi. Unda Özbekiston U-17 jamoasi 3:4 hisobida ğalaba qozonib, 1/8 final bosqiçiga yöl oldi.
U-17 Jahon çempionati
1/16 final bosqiçi
Xorvatiya U-17 — Özbekiston U-17 1:1 (penaltilar seriyasi: 3:4)
Gollar: 0:1 — Hasanov (24), 1:1 — Kusanoviç (80)