Emerining jonajon turniri — “Aston Villa” öz tarixida ilk bor Yevropa Ligasida ğolib böldi
21-05-2026, 07:47
49 марта

Emerining jonajon turniri — “Aston Villa” öz tarixida ilk bor Yevropa Ligasida ğolib böldi
Uçraşuvda gollarni Yuri Tilemans (41-daqiqa), Emiliano Buendia (45+3) va Morgan Rojers (58) kiritdi.
Şu tariqa, “Aston Villa” öz tarixida ilk bor Yevropa Ligasi ğolibiga aylandi. 1982 yilda jamoa Yevropa Çempionlar Kubogi va UYeFA Superkubogini qölga kiritgan edi. Birmingem klubi yetti karra Angliya çempioni, yetti karra Angliya Kubogi sohibi va beş karra Liga Kubogi ğolibi hisoblanadi.

“Frayburg” esa öz tarixida ilk bor yevrokuboklar finaliga çiqdi va imkoniyatni boy berdi.
Angliya jamoalari nufuzi jihatidan ikkinçi örinda turuvçi uşbu musobaqada 11-bor ğalaba qozondi. Yevropa Ligasida (sobiq UYeFA Kubogi) faqat Ispaniya klublari ulardan köproq çempion bölgan (14 marta). Ötgan yilgi Yevropa Ligasi ğolibi Angliyaning “Tottenhem” jamoasi bölgan edi, titullar soni böyiça mutloq rekord esa “Sevilya”ga tegişli (7 marta).
“Aston Villa” kelgusi mavsumda Çempionlar Ligasi umumiy guruh bosqiçida iştirok etadi. UYeFA Superkubogi uçun bahsda Birmingem klubi 30 may kuni Budapeşt şahrida Angliyaning “Arsenal” hamda Frantsiyaning “PSJ” jamoalari örtasida keçadigan YeÇL finali ğolibiga qarşi maydonga tuşadi.