Vengriya 10 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan haydamoqçi
Vengriya Rossiyaning Budapeştdagi elçixonasida faoliyat yuritayotgan 10 nafar diplomatni mamlakatdan çiqarib yubormoqda. Bu haqda Vengriya Taşqi işlar vaziri Anita Orban malum qildi.
Qayd etilişiça, Vengriya Taşqi işlar vazirligi vakili Rossiyaning mamlakatdagi elçisini 10 nafar rossiyalik diplomat faoliyati Vena konventsiyasiga muvofiq diplomatik maqomiga mos kelmasligi haqida xabardor qilgan.
Şundan söng, Vengriya hukumati uşbu diplomatlarning mamlakat hududini tark etişini talab qilgan.
Vengriya TIV rahbarining bildirişiça, mazkur qaror mamlakat xavfsizligi va suverenitetini himoya qilişga qaratilgan. Şu bilan birga, diplomatlarning çiqarib yuborilişi Rossiya bilan diplomatik aloqalar uzilişini anglatmaydi.
“Uşbu qaror Vengriya xavfsizligi va suverenitetini himoya qilişga xizmat qiladi. Bu Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzişni anglatmaydi“, deyiladi xabarda.
Budapeşt Moskva bilan özaro hurmat va belgilangan qoidalarga rioya qiliş tamoyillari asosida zarur muloqotni davom ettiriş niyatida.
Malumot uçun, diplomat maqomiga mos kelmaydigan faoliyat deganda, odatda, diplomatga berilgan vakolat doirasidan taşqaridagi, jumladan, josuslik yoki boşqa noqonuniy faoliyat nazarda tutiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya dronlari Ruminiya havo hududini bir neça bor buzgani ortidan mamlakat Rossiya elçixonasining bir diplomatini çiqarib yuborgan edi.