Vengriya YeIning Ukrainaga 90 mlrd yevrolik kreditini blokladi
21-02-2026, 18:30
92 марта

Vengriya YeIning Ukrainaga 90 mlrd yevrolik kreditini blokladi
Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratiş töğrisidagi qarorini tösib qöydi. Bu haqda keça, 20 fevral kuni mamlakat Taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.Uning aytişiça, Vengriyaga “Drujba” neft quvuri orqali neft tranziti tiklanmagunça mazkur kreditni maqullaşga rozilik berilmaydi.
“Biz Yevropa Ittifoqining Ukraina uçun 90 milliard yevrolik kreditini Vengriyaga “Drujba” neft quvuri orqali neft tranziti qayta tiklanmagunça bloklaymiz”, deb yozgan u va Kiyevni “şantaj”da ayblagan.Vengriya Taşqi işlar vaziriga köra, neft tranzitining töxtatilişi “Bryussel va venger muxolifati bilan muvofiqlaştirilgan holda” amalga oşirilgan bölib, bu mamlakatda yoqilği taminotida uzilişlar keltirib çiqariş va 12 aprelga belgilangan parlament saylovlari oldidan içki siyosiy vaziyatga tasir ötkaziş maqsadini közlagan.
Vengriya Boş vaziri Viktor Orban ham moliyaviy yordam bloklanganini tasdiqlagan.
“Ukraina “Drujba” neft quvurini yopib turgan ekan, Vengriya 90 milliard yevrolik harbiy kreditni bloklaşda davom etadi. Bizga şantaj ötmaydi!” deydi u Facebook sahifasida.