USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Qozoğiston kompaniyasini “qora röyxat”ga tiqdi

84 марта
АҚШ Қозоғистон компаниясини “қора рўйхат”га тиқди

Qozoğistonning “Tour Invest” kompaniyasi AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) tomonidan çeklovlar joriy etilgan maxsus belgilangan fuqarolar va şaxslarning yangilangan röyxatiga kiritildi. Bu haqda Amerika Moliya vazirligi xabar berdi.

“Qozoğistonda röyxatdan ötgan “Tour Invest” kompaniyasi “Mahan Air” aviakompaniyasining sotuvlar böyiça boş agenti sifatida iş olib borgan”, deyiladi xabarda.

Malumot uçun, Mahan Air – boş bazaviy aeroporti Tehronda joylaşgan Eronning yirik xususiy aviakompaniyasi.

AQŞ Moliya vazirligining qayd etişiça, “Tour Invest” Mahan Air aviakompaniyasiga uni qöllab-quvvatlaş maqsadida sezilarli yordam körsatgani, homiylik qilgani va moliyaviy, moddiy yoxud texnologik yordam, şuningdek tovar yoki xizmatlar taqdim etgani uçun röyxatga kiritilgan. Kompaniya röyxatda ikkilamçi sanktsiyalar xavfi munosabati bilan tilga olingan.

“Tour Invest” MÇJ turli manbalarda Eronning Mahan Air aviakompaniyasining Qozoğistondagi boş agenti sifatida tilga olinadi.

Qayd etiş joiz, 2011 yildan buyon Mahan Air aviakompaniyasi AQŞning antiterror sanktsiyalari tasiri ostida bölib kelmoqda. Vaşington aviataşuvçini Islom inqilobi qöriqçilari korpusi uçun tranzit kanali bölib xizmat qilayotganlikda, xususan, şaxsiy tarkib, qurol-yaroğ va harbiy jihozlarni taşişda ayblamoqda. Sönggi oylarda AQŞ Moliya vazirligi mazkur aviakompaniyaga logistik va tijoriy yordam körsatayotgan kompaniyalarga qarşi çoralarni kuçaytirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi 20-sanktsiyalar paketi doirasida Qozoğistonda faoliyat yurituvçi United Trading Group kompaniyasiga nisbatan çeklovlar joriy qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: