USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zelenskiy uçayotgan samolyot dron bilan töqnaşişiga oz qoldi

170 марта
Зеленский учаётган самолёт дрон билан тўқнашишига оз қолди

Norvegiya Boş vaziri Yonas Gar Styore Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning samolyoti Moldovadan Osloga uçib ketayotganida dron bilan töqnaşişiga oz qolganini aytdi. Bu haqda Yonas Gar Styore NRK davlat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida malum qildi.

“Uning samolyoti Moldovadan uçişi kerak bölgan vaqtda dron bilan töqnaşişiga oz qolgan. Bu u yaşayotgan haqiqat”, degan Styore.

Boş vazir voqea haqida boşqa tafsilotlarni malum qilmagan. Dron qayerdan uçgani, kimga tegişli ekani va samolyotga qançalik yaqin kelgani nomalum.

Norvegiya Boş vaziri devonxonasi keyinçalik bayonotga aniqlik kiritgan. Unga köra, Moldova havo hududida dronlar sababli xavf yuzaga kelgan va bu Zelenskiyning Oslo tomon parvozini keçiktirgan.

“Bu u har kuni duç keladigan tahdidlardir. Dronlar uning samolyotiga qançalik yaqin bölganini bilmaymiz“, deyiladi bayonotda.

Şuningdek, hodisa tasodifiy bölganmi yoki Zelenskiyga qasddan hujum qilişga uriniş bölganmi, hozirça nomalum. Ukraina tomoni esa Styorening bayonotiga izoh bermagan.

Qayd etilişiça, Zelenskiy joriy yilning 8 sentyabr kuni keçqurun Moldovadan Osloga yetib borgan. U Norvegiya qiroli Harald V ning dafn marosimida qatnaşiş uçun mamlakatga taşrif buyurgan.

Keça, 9 sentyabrga ötar keçasi Rossiya dronlari Ukrainaning Odessa viloyatida, Moldova çegarasidagi “Starokozaçe“ xalqaro avtomobil ötkaziş punktiga hujum qilgan. Zarba oqibatida ikki kişi halok bölgan. NRK malumotiga köra, Zelenskiy Osloga uçib kelgan aeroport uşbu çegara punktidan avtomobilda taxminan ikki soatlik masofada joylaşgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Taşqi işlar vazirligi Moldovadan Ğarb davlatlari kömagida Rossiya bilan uruşga tayyorlanayotganlikda ayblagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: