Moldova Rossiya bilan uruşga tayyorlanmoqda – Rossiya TIV
Rossiya Taşqi işlar vazirligi Moldovani Ğarb davlatlari kömagida Rossiya bilan uruşga tayyorlanayotganlikda aybladi. Bu haqda Rossiyaning Kişinyovdagi elçisi Oleg Ozerov TASSga bergan intervyusida malum qildi.
Ozerovning aytişiça, Ğarb davlatlari Moldova armiyasini qurollantirib, harbiy infratuzilmani kuçaytirmoqda va mamlakatga NATO instruktorlarini yubormoqda.
Diplomatning takidlaşiça, Moldova hududida Ukraina Qurolli kuçlari manfaatlari uçun dron qismlari, dronlarga qarşi uskunalar va radioelektron kuraş tizimlari işlab çiqarilmoqda. Şuningdek, u yerda dron operatorlari tayyorlanmoqda.
Ozerov Ğarbning Moldovadagi siyosatini Ukrainaga nisbatan qöllangan strategiyaga öxşatgan. Uning fikriça, Ğarb Moldova orqali Rossiyaga qarşi harbiy salohiyatni oşirmoqda.
Rossiya elçisi, şuningdek, Ğarb nodavlat taşkilotlarini Moldovada rusofob kayfiyatlarni tarqatiş va tarixni “qayta yoziş”da ayblagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Ukrainadan keyin Moldovadan egallamoqçiligi haqida xabar berilgan edi.