“Ğarb Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib çiqarmoqçi” - Rossiya TIV
20-05-2026, 12:29
170 марта

“Ğarb Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib çiqarmoqçi” - Rossiya TIV
Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin Ğarb davlatlari Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib çiqarişga urinayotganini davo qildi. Bu haqda u “Izvestiya” naşriga bergan intervyusida aytgan.Galuzinning sözlariga köra, AQŞ va Yevropa Ittifoqi mintaqaning asosiy transport yölaklari hamda tabiiy resurslari ustidan nazorat örnatişga harakat qilmoqda. U ayniqsa Vaşingtonning noyob yer metallari va muhim minerallar böyiça bitimlarni faol kengaytirayotganidan Moskva xavotirda ekanini bildirgan. Uning fikriça, bu Rossiyaning mintaqadagi iqtisodiy va siyosiy tasirini zaiflaştirişi mumkin.
“Bu oddiy iqtisodiy raqobat emas, balki Rossiyani siqib çiqariş va çegaralarimiz yaqinida Ğarb nazoratidagi infratuzilmani yaratişga urinişdir”, degan u.Uning takidlaşiça, Ğarb davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga iqtisodiyotni turli yönalişlarda rivojlantiriş va “taşqi tahdidlardan himoya” qilişga qaratilgan taşabbuslarni taklif qilmoqda.
Biroq Moskva buni Rossiya bilan tarixiy aloqalarni zaiflaştirişga qaratilgan siyosat sifatida baholamoqda.“Şuni takidlamoqçimanki, na Rossiya, na Markaziy Osiyodagi tarixiy döstlarimiz va strategik hamkorlarimiz bunday stsenariylardan manfaatdor. Mintaqa davlatlari özga kuçlarning geosiyosiy öyinida piyoda bölişni istamaydi. Biz umumiy manfaatlarimizni himoya qiliş hamda Yevrosiyoda integratsion hamkorlikni rivojlantiriş böyiça işlaşda davom etamiz”, dedi u.