Ukrainaga yuborilgan har qanday xorijiy qöşin biz uçun nişon – Rossiya
8-01-2026, 20:44
227 марта

Ukrainaga yuborilgan har qanday xorijiy qöşin biz uçun nişon – Rossiya
Ğarb hukumatlari tomonidan Ukrainaga yuboriladigan har qanday qöşinlar Rossiyaning “qonuniy jangovar nişonlar” böladi. Bu haqda bugun, 8 yanvar kuni Rossmya taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova malum qildi.Uning bu bayonoti Buyuk Britaniya va Frantsiya sulh tuzilgan taqdirda Ukrainaga köp millatli kuçlarni joylaştiriş rejalarini elon qilganidan söng yangradi.
Bildirilişiça, Rossiya 6 yanvar kuni Parijda bölib ötgan “Köngillilar koalitsiyasi”ning yiğilişiga birinçi marta javob qaytargan. Rossiya Taşqi işlar vazirligi munosabatida Ukraina tarafdori Ğarb hukumatlari koalitsiyasining “harbiy bayonotlari” tobora xavfli bölib borayotgani aytilgan.
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron minglab qöşinlar yuborişi mumkinligini aytgan. Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmerning aytişiça, bu “Britaniya, Frantsiya va hamkor kuçlar Ukraina tuproğida faoliyat yuritişi, Ukraina osmoni va dengizlarini himoya qilişi va kelajakda Ukraina qurolli kuçlarini qayta tiklaşi” mumkin bölgan huquqiy asos yaratişga yöl oçadi.
“ Rossiya Ğarb harbiy bölinmalari, harbiy inşootlari, omborlari va boşqa infratuzilmalarning Ukraina hududiga joylaştirilişi nafaqat Rossiya, balki boşqa Yevropa mamlakatlarining xavfsizligiga bevosita tahdid soladigan xorijiy aralaşuv sifatida tasniflanişi haqida ogohlantirmoqda”, deyiladi Moskva bayonotida.
Şuningdek, bayonotda Ğarb siyosatçilarining bu intilişlarni öz çöntaklaridan moliyalaştirişga majbur qilayotgani takidlangan.
“Barça bunday bölinmalar va inşootlar Rossiya Qurolli kuçlarining qonuniy jangovar nişonlari hisoblanadi. Uşbu iştirokçilarning rejalari Yevropa qitasi va uning aholisi kelajagi uçun tobora xavfli va halokatli bölib bormoqda, ularni ham Ğarb siyosatçilari bu intilişlarni öz çöntaklaridan moliyalaştirişga majbur qilmoqdalar”, deyiladi xabarda.