Frantsiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga qöşin yuborişga tayyor
7-01-2026, 10:04
189 марта

Frantsiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga qöşin yuborişga tayyor
Frantsiya va Buyuk Britaniya Rossiya bilan harbiy harakatlar töxtatilganidan keyin Ukrainaga tinçlikni taminlaş uçun qöşin yuborişga tayyor. Bu haqdagi kelişuvni keça, 6 yanvar kuni Parijda bölib ötgan “köngillilar koalitsiyasi” sammitiga borgan Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy imzoladi.Sammit iştirokçilari, jumladan AQŞ Prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner ham “Parij deklaratsiyasi”ni imzolab, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taminlaş niyatini bildirdi.
Muzokaralarda qariyb 30 ta davlat vakillari qatnaşdi. Ular orasida Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer, Polşa Boş vaziri Donald Tusk, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, NATO Boş kotibi Mark Ryutte va boşqa yuqori martabali siyosatçilar bor edi.
Hujjat beş banddan iborat:
- AQŞ öt oçişni töxtatiş rejimiga rioya etilişini taminlaydi. Şuningdek, qoidabuzarliklarga munosabat bildiradigan va ayb kimda ekanini aniqlaydigan maxsus komissiya tuziladi.
- “Köngillilar koalitsiyasi” azolari Ukraina Qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlaşni davom ettiradi. Ular Rossiya tomonidan ehtimoliy yangi tajovuzning oldini olişda “birinçi mudofaa çiziği” bölişi kerak. Bu moliyalaştiriş, qurol-yaroğ yetkazib beriş va mudofaa inşootlarini qurişga yordam berişni öz içiga oladi.
- Ukrainaga köp millatli kuçlar yuboriladi. Ular “köngillilar koalitsiyasi” azolaridan iborat böladi va Ukraina armiyasini tiklaşga kömaklaşadi. Bu kuçlar faqat harbiy harakatlar tugaganidan keyin yuboriladi va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanişi mumkin.
- Rossiya tomonidan kelajakda yana hujum bölsa, Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça huquqiy majburiyat işlab çiqiladi. Bu majburiyatlar keyinçalik aniq şakllantiriladi va harbiy imkoniyatlardan foydalaniş, razvedka, logistika yordami, diplomatik taşabbuslar hamda qöşimça sanktsiyalar joriy etişni öz içiga olişi mumkin.
- Ukraina bilan uzoq muddatli mudofaa hamkorligini rivojlantiriş majburiyati. Bu harbiylarni tayyorlaş, qurol-yaroğni işlab çiqariş va razvedka sohasidagi hamkorlikni qamrab oladi.
Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmerning aytişiça, bu hujjat “Ukraina hududida britan, frantsuz va hamkor davlatlar kuçlarining faoliyati uçun huquqiy asos yaratadi”.
Qayd etiş joizki, Rossiya rasmiylari bir neça bor Ukrainada xorijiy qöşinlarning joylaştirilişiga rozi bölmasligini, buni öz xavfsizligiga tahdid, deb hisoblaşini bildirgan.