Moskvada ikki maxfiy agent qölga olindi
25-06-2025, 15:06
183 марта

Moskvada ikki maxfiy agent qölga olindi
Rossiya poytaxti Moskva şahrida Moldova maxsus xizmatining ikki nafar agenti qölga olindi. Bu haqda bugun, 25 iyun kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, josuslar Moldova Axborot va xavfsizlik xizmatining Rossiyaga qarşi qaratilgan “muhim vazifani” bajarişi kerak bölgan. Lekin aynan qanday vazifa ekanligi oçiqlanmagan.Malum qilinişiça, ular Rossiya hududiga soxta şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar bilan kirib kelgan. FXX gumonlanuvçilardan aybiga iqrorlik olingani, ularga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilganini bildirgan.
“Biz 2024 yil iyun oyida Axborot va xavfsizlik xizmati Taşqi razvedka boş boşqarmasi xodimi tomonidan işga qabul qilindik. Moldova Respublikasi razvedkasi uçun muhim vazifani bajariş maqsadida Moskva şahriga uçişimiz kerakligi aytildi”, deydi qölga olingan Moldova fuqarosi.Qölga olinganlarning ikkinçisi esa 2023 yildan buyon Moldova razvedkasi uçun işlab kelişini malum qilgan.
Xabarda, şuningdek, mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 275-moddasi 1-qismi (xorijiy davlat, xalqaro yoki xorijiy taşkilot bilan maxfiy hamkorlik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgani, agentlar sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi aytiladi.