USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp butun dunyo kutgan xabarni malum qildi

433 марта
Трамп бутун дунё кутган хабарни маълум қилди

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan uruş joriy yilning 3 noyabr kuni bölib ötadigan AQŞ oraliq saylovlaridan keyin tugaşini aytdi. Bu haqda u keça, 9 sentyabr kuni Vaşington yaqinidagi Joint Base Andrews harbiy bazasida jurnalistlarga malum qildi.

Trampning sözlariga köra, Eron uruşga bundan ortiq bardoş bera olmaydi. U Tehron saylovlarga tasir ötkazişga uriniş uçun “umidsiz ahvolga tuşib qolganini” bildirgan.

“Menimça, uruş saylovdan keyin tugaydi, çunki ular endi bundan ortiq bardoş bera olmaydi. Ular saylovga tasir ötkazişga uriniş uçun umidsiz ahvolda”, degan Tramp.

Şuningdek, AQŞ Prezidenti Eron bilan muzokaralar ötkaziş ehtimolini ham butunlay istisno qilmagan. Uning sözlariga köra, muzokaralar bölişi mumkin, biroq hozirda Vaşington bunday imkoniyatni körib çiqmayapti.

“Muzokara bölişi mumkin, ammo hozir biz körib çiqayotgan masala bu emas”, degan u.

Tramp, şuningdek, AQŞning Eronga qarşi operatsiyalari davom etişiga işora qilgan.

“Bundan ham köproğini körasiz”, dedi AQŞ Prezidenti hujumlar haqida.

Qayd etilişiça, Eron AQŞ tomonidan 5 ta Eron neft tankeriga zarba berilganidan söng, Hormuz böğozi yaqinida 10 ta kemani nişonga olganini malum qilgan. Mintaqadagi keskinlikning kuçayişi fonida Brent neftining bir barreli narxi 100 dollardan oşgan.

Tramp uruşning tugaşi neft narxlarining ham pasayişiga olib kelişini aytgan. U narxlar AQŞdagi oraliq saylovlardan keyin tezda tuşişini kutayotganini bildirgan.

Uşbu bayonotlar Eron bilan uruş yettinçi oyga kirgan va Hormuz böğozi atrofidagi özaro hujumlar yana kuçaygan bir paytda yangragan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning noyabr oyidagi Kongress saylovlarida respublikaçilar nazoratni saqlab qolsa, har bir katta yoşli amerikalikka 5 ming dollardan “Tramp dividendi” tölaşni vada qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: