USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sloveniyada Isroil elçixonasi oçildi: norozi xalq boş kötardi

72 марта
Словенияда Исроил элчихонаси очилди: норози халқ бош кўтарди

Keça, 9 sentyabr kuni Sloveniya poytaxti Lyublyanada Isroilning mamlakatdagi ilk elçixonasi oçildi. Bunga qarşi minglab odamlar norozilik namoyişiga çiqdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilişiça, namoyişçilar elçixona oçilişi ötkazilgan mehmonxona yonidan yurib ötib, “Biz tinçlik va Falastin uçun birgamiz” hamda “Genotsid özini himoya qiliş emas” kabi yozuvlar tuşirilgan bannerlarni kötargan. Sloveniyalik 48 yoşli sanatşunos Urska Breznik Yansa hukumatini “hamkorlik” hukumati deb atagan. Yana bir namoyişçi Melina Saxernik esa bu holat Sloveniya uçun juda yomon körinişini aytgan.

“Delo” gazetasi iyun oyida ötkazgan sörov natijalariga köra, sloveniyaliklarning 56 foizi Isroil bilan yaqinroq aloqalar örnatişga qarşi bölgan, 14 foizi esa bunday munosabatlarni qöllab-quvvatlagan.

Sloveniyalik siyosiy tahlilçi Andraz Zorkoning aytişiça, hukumatning Isroilga nisbatan siyosatidagi özgariş mamlakatdagi jamoatçilik kayfiyatiga mos kelmaydi. Uning fikriça, aholining aksariyati Isroilga qarşi yoki betaraf pozitsiyada.

Şuningdek, sobiq boş vazir Robert Golob boşçiligidagi liberal “Ozodlik harakati” partiyasi “Söl” partiyasi bilan birgalikda Yanes Yansaga impiçment elon qiliş taklifini parlamentga kiritdi. Ular boş vazirning taşqi siyosati faqat Isroil manfaatlariga xizmat qilayotganini takidlagan.

Partiya, şuningdek, Taşqi işlar vaziri Tone Kayzerni lavozimidan çetlatişni ham talab qilgan. Ular elçixona oçilişini Isroilning mart oyidagi saylovlar vaqtida Yansani qöllab-quvvatlagani evaziga “yaxşilikni qaytariş” sifatida baholagan.

Golob hukumati davrida Sloveniya Falastin davlatini tan olgan, Isroilga qurol-yaroğ eksportiga embargo joriy qilgan, bosib olingan Ğarbiy Sohildagi noqonuniy Isroil aholi punktlaridan importni taqiqlagan va Isroilning Boş vaziri Binyamin Netanyaxu kabi yuqori martabali amaldorlarining mamlakatga kirişini çeklagan.

Elçixona oçiliş marosimida Sloveniya Taşqi işlar vaziri Tone Kayzer bu voqea “yanada katta muloqot, kuçliroq hamkorlik va, eng muhimi, xalqlar manfaatlari yölida aniqroq natijalar” davrining boşlanişi bölişi kerakligini aytgan.

Marosimda iştirok etiş uçun Sloveniyaga borgan Isroil Taşqi işlar vaziri Gideon Saar esa bu kunni “tarixiy kun” deb atagan. U Sloveniya hukumati va Yansaga Isroilga nisbatan döstona munosabati uçun minnatdorlik bildirgan.

Elçixona oçilişi Buyuk Britaniya bosib olingan Ğarbiy Sohildagi noqonuniy Isroil aholi punktlari bilan savdoni taqiqlaganidan bir kun ötib amalga oşirilgan. Frantsiya va Kanada ham şunga öxşaş çoralar körişini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil Buyuk Britaniyaning Şarqiy Quddusdagi konsulligini 30 kun içida yopişni va undagi diplomatlarning akkreditatsiyasini bekor qilişni buyurgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: