Britaniyaliklarning qariyb 90 foizi Falastinni tan olişga qarşi — Telegraph
21-09-2025, 18:11
90 марта

Britaniyaliklarning qariyb 90 foizi Falastinni tan olişga qarşi — Telegraph
Britaniyaliklarning deyarli 90 foizi Londonning yaqin kelajakda Falastin davlatçiligini tan olişini qöllab-quvvatlamayapti. Bu haqda The Daily Telegraph gazetasi JL Partners kompaniyasining ijtimoiy sörovi natijalariga asoslanib xabar berdi.19-31 avgust kunlari 2 118 kişi örtasida ötkazilgan ijtimoiy sörovda iştirokçilarning 87 foizi Falastin davlatini heç qanday şartlarsiz tan olişga qarşi çiqqan. Bunday yondaşuvni söralganlarning 13 foizi qöllab-quvvatlagan. Hukmron Leyboristlar partiyasi tarafdorlari orasida atigi 11 foiz kişi boş vazir Kir Starmerning bu qadamini ma’qullayapti. Muxolifatdagi Konservativ partiya (6 foiz) va öng populistik Reform UK (8 foiz) tarafdorlarining qöllab-quvvatlaş darajasi undan ham past.
BBC teleradiokompaniyasi va Sky News telekanali malumotlariga köra, Starmer 21 sentyabr kuni Falastin davlatçiligini tan olişini elon qiladi. Tanqidçilar fikriça, bu qadam Londonni Isroilga ham, HAMASga ham tasir ötkaziş imkoniyatidan mahrum qiladi.
Ma`lumot uçun, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi sessiyasida yuqori darajadagi hafta doirasidagi umumsiyosiy munozaralar 23-27 sentyabr, şuningdek, 29 sentyabr kunlari bölib ötadi.