34 foiz özbekistonlik heç qanday jamğarmaga ega emas
28-07-2025, 17:41
182 марта

34 foiz özbekistonlik heç qanday jamğarmaga ega emas
Özbekistonliklarning 34 foizi heç qanday jamğarmaga ega emas. Bu haqda Markaziy bank sörovnomasida keltirib ötilgan.Sörov natijalari şuni körsatadiki, fuqarolarning atigi 20 foizida bankdagi rasmiy omonatlar mavjud. Aholining 23 foizi öz mablağlarini uyda naqd şaklda saqlaşini bildirgan. Şuningdek, yana 23 foiz kişi pullarini bank kartalarida saqlaşni maqul körgan.
Hududlar kesimida
Hududlar böyiça tahlilga köra, eng köp jamğarmaga ega bölmaganlar Toşkent şahridan çiqqan bölib, u yerda respondentlarning 38 foizi jamğarmasi yöqligini aytgan. Keyingi örinlarda 37 foizlik körsatkiç bilan Farğona viloyati va Toşkent viloyati qayd etilgan.
Aksinça, Navoiy şahrida jamğarmasi yöq aholi uluşi eng past bölgan. Jizzax va Andijon viloyatlarida esa jamğarmaga ega bölganlar köpçilikni taşkil qilsa-da, ularning aksariyati mablağlarini uyda naqd şaklda saqlaşni afzal bilgan.
Bank omonatlaridan eng köp foydalanuvçilar esa Qoraqalpoğiston Respublikasida kuzatilgan. Uşbu hududda bank omonatlaridan foydalanuvçilar uluşi 31 foizni taşkil qilgan.
Bankomatdardagi muammolar
Aholining 62 foizi bankomatlar böyiça heç qanday şikoyati yöqligini bildirgan. 18 foizi esa ayrim holatlarda uzilişlar bölişini, ammo bu norozilikka sabab emasligini aytgan. Qolgan 20 foiz esa bankomatlardagi asosiy muammolar sifatida naqd mablağlarning tez tugaşi, bankomatlarning tez-tez işlamay qolişi va kerakli nominaldagi pul birligi mavjud emasligini takidlagan.
Omonat mablağlarini şakllantirişda ham turli yondaşuvlar mavjud:
36 foiz aholi bankka borib, naqd pul orqali omonat qöyadi;
29 foiz bank kartasi orqali;
35 foiz esa mobil ilovalar orqali, bankka bormasdan jamğarma şakllantiradi.
Şuningdek, sörovda iştirok etganlarning 49 foizi bank mobil ilovalari orqali omonat şakllantiriş imkoniyatlaridan foydalanişini bildirgan. 37 foizi bu imkoniyat mavjudligini bilsa-da, undan foydalanmasligini, 10 foizi esa bu xizmat haqida umuman bexabar ekanini bildirgan. Qolgan 4 foiz esa mobil ilovalar mavjudligini bilsa-da, ular orqali omonat oçiş usulini bilmasligini aytgan.