Töy qildik... qarzga botib: Yoşlar kamtarlikni xohlaydi, jamiyat esa dabdabani
13-07-2025, 15:55
1 553 марта

Töy qildik... qarzga botib: Yoşlar kamtarlikni xohlaydi, jamiyat esa dabdabani
Özbekistonda töylar nafaqat bayram, balki köplab yoşlar va ularning oilalari uçun oğir moliyaviy sinovga aylanib bormoqda. “Yuksaliş” harakati tomonidan ötkazilgan sörovnoma natijalari şuni körsatdiki, jamiyatda töy ananalariga munosabat asta-sekin özgarib, faol muhokamalarga aylanmoqda.Sörovda mamlakatning barça hududlaridan 1247 nafar fuqaro qatnaşdi. Respondentlarning 81,2 foizi öz oilaviy daromadini oyiga 5 million sömdan 12 million sömgaça deb baholagan. Ammo töyga kelganda, ularning 65,2 foizi 50 milliondan 100 million sömgaça yoki undan ham köproq mablağ sarflaganini bildirgan. Bu köp hollarda bir yillik daromadga teng yoki hatto undan oşib ketadi.
Moliyalaştiriş manbalariga kelsak, respondentlarning 55,1 foizi töyni “özim va yaqinlarim yordamida” qilganini aytgan. Bu töy xarajatlari köpinça faqat yoşlarning emas, balki butun oilaning yelkasiga tuşayotganini anglatadi. 25,1 foiz odam töy uçun qarz olganini, faqat 14,1 foizi esa “daromadim yetarli” deb javob bergan.
Töyda dabdabali xarajatlar qilişga sabab bölayotgan asosiy omillar ham ahamiyatga molik. Respondentlarning 46,1 foizi buni jamiyat bosimi, “elga töy beriş kerak” degan qaraş bilan izohlagan. 31,3 foiz yoşlarning özidagi orzu-istaklar, 29 foiz esa ota-onaning istaklari bu yölda hal qiluvçi omil ekanini bildirgan. Qolaversa, 16,6 foiz respondent quda tomonning talablarini ham etiborli deb hisoblagan.
Etiborlisi, sörovda iştirok etganlarning katta qismi töyni dabdabadan yiroq, kamtarona va yaqinlar davrasida ötkaziş tarafdori. 39,6 foiz respondent “kamtarona” töyni ideal deb hisoblagan bölsa, faqatgina 6,6 foizi “dabdabali va haşamatli” töyni maqul körgan. Şuningdek, 44,5 foiz iştirokçi ötkazgan töyi uçun köp pul sarflaganidan afsusdaligini bildirgan.
Respondentlardan: “Agar tanlov imkoniyati bölsa, töy pulini nimalarga sarflagan bölar eding?” degan savolga köpçilik talim, uy-joy, soğliqni tiklaş, biznes boşlaş yoki sayohatlarga sarflaşni afzal körgan. Bu esa jamiyatda moliyaviy savodxonlikka bölgan talab oşib borayotganini, kelajak uçun sarmoya haqida jiddiy öylaş tendentsiyasi paydo bölayotganini anglatadi.
Tadqiqot şuni körsatdiki, aholi töy ananalarini soddalaştiriş va ortiqça marosimlarni qisqartiriş tarafdori. Masalan, 37,6 foiz respondent töydan oldingi, 31,4 foiz töydan keyingi marosimlarni qisqartiriş kerak, deb hisoblagan. 35,6 foiz esa mehmonlar soni va marosim kölamini çeklaşni taklif qilgan. Faqat 7,1 foiz odam “heç qanday özgariş kerak emas” deb hisoblagan.
Xulosa qilib aytganda, Özbekistonda töy ananalarini qayta körib çiqişga bölgan kuçli ijtimoiy talab mavjud. Aholining katta qismi dabdabali, qarzga botiradigan töylar örniga, oddiy, samimiy va moliyaviy jihatdan töğri rejalaştirilgan marosimlar bölişini xohlamoqda. Endi jamiyatdagi bu kayfiyatni amaliy qadamlar bilan qöllab-quvvatlaş vaqti keldi.