Özbekistonliklarning çorak qismi qarz olib töy qilyapti – sörovnoma
11-07-2025, 22:41
106 марта

Özbekistonliklarning çorak qismi qarz olib töy qilyapti – sörovnoma
«Yuksaliş» harakati tomonidan aholi örtasida yuqori töy xarajatlariga sabab bölayotgan omillarni belgilaş, mavjud ananalarga bölgan jamoatçilik kayfiyatini baholaş maqsadida sörovnoma ötkazdi.Sörovnomada jami 1 247 kişi iştirok etib, u poytaxt, viloyat markazlari va tumanlarni öz içiga olgan holda mamlakatning turli hududlaridan bölgan respondentlarni qamrab olgan.
Respondentlarning katta qismi – 81,24 foiz (ayniqsa, viloyatlarda yaşovçilar) – öz oilasining örtaça oylik daromadini 5 million sömdan 12 million sömgaça deb körsatgan. Biroq, töy xarajatlari haqidagi savolga rejalaştirilgan yoki amalda sarflangan mablağlar köpinça 50 million sömdan 100 million sömgaça yoki undan ham köproqni taşkil qilişini aytişgan (65,2 foiz).
Bu körsatkiç köplab oilalar uçun bir yillik daromadga teng yoki undan ham yuqori bölişi mumkin.
Şunga mos ravişda, aksariyat respondentlar töy xarajatlarini şaxsiy jamğarmalari hisobidan emas, boşqa manbalar orqali qoplaganliklarini bildirgan.
Asosiy moliyaviy manbalar quyidagilar bölgan:
- özi va yaqinlari (qarindoşlari) yordamida – 55,17 foiz;
- qarz olgan / oladi –25,1 foiz;
- daromadi yetarli – 14,11 foiz;
- javob bermaganlar – 5,62 foiz.
Respondentlarning 46,11 foizi töyga katta xarajat qilişga jamiyat bosimi va «elga töy berişim kerak» degan majburiyat sabab bölişini bildirgan. Yani, «Uyat»dan qörqiş va «yuzimiz yerga qaramasin» degan istak oilalarni öz imkoniyatlaridan ortiqça xarajatlarga majbur qilmoqda.
Sörovnoma iştirokçilarining eng katta guruhi töy xarajatlarini şaxsiy tanlov deb hisoblasa-da, respondentlarning qariyb yarmi töğridan-töğri yoki bilvosita jamiyat bosimini tan olgan.
Sörovnoma natijalari, şuningdek, jamiyatda içki qarama-qarşilik mavjudligini oçib beradi.
Yani, respondentlardan «Töy qanday bölişi kerak?» deb söralganida ularning 39,62 foizi «Kamtarona» yoki «Örtaça, yaqinlar davrasida» kabi variantlarni tanlagan.
«Dabdabali, haşamatli» variantini esa atigi 6,66 foiz respondent afzal körgan.
Bu jamiyatda dabdabali töylarning samarasizligi haqida aniq tuşunça mavjudligini va köproq kamtarona töylar ötkazişga bölgan kuçli istak borligini anglatadi.
Afzal körilgan muqobil variantlar: agar tanlov imkoni bölsa, respondentlar mablağni quyidagi yönalişlarga sarflaşni afzal körişgan:
- talim olişga,
- uy-joy sotib olişga,
- sayohatlarga,
- soğliğini tiklaşga,
- biznesga sarmoya kiritişga.
«Sörov natijalari şuni körsatadiki, Özbekiston aholisi dabdabali töylar örniga mablağni kelajakka yönaltirişga tayyor — bu talim, uy-joy xaridi, soğliqni tiklaş yoki biznesni rivojlantiriş kabi yönalişlarni öz içiga oladi. Bu esa aholining moliyaviy savodxonlikka intilişi va uzoq muddatli rejalaştirişga bölgan ehtiyoji borligini anglatadi», – deya xulosa qiladi «Yuksaliş» UMH.
Şuningdek, Özbekistonda töy ananalarini isloh qiliş va soddalaştiriş böyiça kuçli ijtimoiy buyurtma mavjudligi, aholi eng qimmat va çarçatadigan marosimlardan voz keçişga tayyorligini bildiradi.