“Hamma qiçqiryapti, bolalar yiğlayapti”. Ukraina dronlari Soçini nişonga oldi
Keça, 9 sentyabr kuni keçqurun Ukraina dengiz dronlari Soçi sohiliga hujum qildi. Hujum oqibatida 28 kişi, jumladan, 2 nafar bola jarohatlandi. Bu haqda Krasnodar ölkasi tezkor ştabi xabar qildi.
Qayd etilişiça, barça yaradorlarga tibbiy yordam körsatilgan, hozirda 3 nafar katta yoşli kişi va 1 bola şifoxonada qolmoqda.
Hujum haqida keçki soat töqqizlar atrofida malum bölgan. Öşa vaqtda sohil böyida joylaşgan “Festivalniy“ madaniyat saroyida xonanda Tatyana Bulanovaning kontserti bölib ötayotgan bölgan. Kontsert töxtatilgan, tomoşabinlar evakuatsiya qilingan.
“Xotinim kontsertda edi. Evakuatsiya vaqtida odamlar yiqilib, vahima içida yugurişdi. Atrofda portlaşlar eşitildi. U maşinaga yugurayotganida yiqilib tuşgan. Uni zarba tölqini uçirib yuborgan. Har bir portlaşdan keyin portlaş tölqini yaqqol sezilardi. Ular juda yaqin edi”, deya mahalliy aholidan biri voqeani sözlab bergan.
“93.ru” naşrining yozişiça, hujum haqida ogohlantiriş berilgan paytda sohil böyida hali ham köplab odamlar bölgan. Dastlab dam oluvçilar ogohlantirişga munosabat bildirmagan, faqat portlaşlardan keyingina tarqalib qoçişni boşlagan.
“Portlaşlar juda yaqin bölgandagina hamma yugura boşladi. Avvaliga hamma qarab turardi, çunki Soçi uçun bu odatiy holdek edi. Ammo bizdan atigi 300 metr narida portlaş yuz bergaç, hamma yugurdi. Tasavvur qilib bölmaydigan tartibsizlik yuzaga keldi. Hamma qiçqiryapti, bolalar yiğlayapti. Hamma yuguryapti, yonimizda esa portlaşlar sodir bölyapti. Qayerga yugurayotganimizni ham bilmasdik, çunki heç qayerda boşpana yöq. Amallab yerosti ötiş joyigaça yetib bordik“, degan guvohlardan biri voqeani sözlab berar ekan.
Hujumdan söng sohil böyida yonğin çiqqan, biroq mahalliy hokimiyat zararlarni jiddiy emas, deb baholagan.
“Oynalar va fasad elementlarini tiklaş kerak. Işonçim komil, buni tezda uddalaymiz“, deb yozgan şahar meri Andrey Proşunin Telegram’da.
U, şuningdek, hujum oqibatlari töliq bartaraf etilgunga qadar plyajlar taşrif buyuruvçilar uçun yopiq qolişini malum qilgan.
“Soçining qolgan hududlarida vaziyat odatdagidek“, deya qöşimça qilgan Proşunin.
Hujumdan söng Rossiya Tergov qömitasi terrorçilik harakati böyiça jinoyat işi qözğatgan. Mazkur jinoyat Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan kvalifikatsiya qilingan. Idora Ukraina kurort hududini “ataylab“ nişonga olganini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Qurolli kuçlari Xarkov viloyatida Ukraina qöşinlarining harbiy texnikalariga dronlar orqali zarba bergan edi.