Ukraina Rossiyaning Qora dengiz böyidagi kurortiga hujum uyuştirdi. Qurbonlar bor
Rossiyaning Qora dengiz sohilidagi Gelendjik kurort hududiga Ukraina dronlari hujumi oqibatida 4 kişi, jumladan, bir nafar bola halok böldi. Hodisada yana 10 kişi jarohat oldi. Bu haqda Krasnodar ölkasi hokimiyati xabar qildi.
Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratevning aytişiça, hujum Gelendjik yaqinidagi Arxipo-Osipovka qişloğidagi fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan bölib, sodir bölgan voqeani u “fojia” deb atagan.
Mahalliy hokimiyat malumotiga köra, dron bölaklarining tuşişi natijasida qurbonlar soni 4 nafarga yetgan. Yana 10 kişi turli darajada jarohat olgan.
Gubernator topşiriği bilan voqea joyiga ofatlar tibbiyoti böyiça ixtisoslaşgan mutaxassislar guruhi yuborilgan. Ikki nafar katta yoşli fuqaro va bir bola şifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, mustaqil ravişda tasdiqlanmagan videolarda dron sohil hududiga kelib urilgani va şundan söng kuçli portlaş sodir bölgani aks etgan.
Ukraina tomoni hozirça mazkur hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Ukraina ham, Rossiya ham fuqarolarni ataylab nişonga olmasligini takidlab keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning Belgorod şahridagi dronlar işlab çiqiladigan universitetga zarba bergandi.