Rossiya va Ukraina özaro zarbalar almaşdi. Qurbonlar bor
6-04-2026, 18:09
137 марта

Rossiya va Ukraina özaro zarbalar almaşdi. Qurbonlar bor
Keça, 5 aprel kuni Rossiya va Ukraina özaro zarbalar almaşdi. Oqibatda Odessada uç kişi halok böldi, Novorossiyskda sakkiz kişi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat rasmiylari xabar berdi.Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratevning sözlariga köra, mintaqa 5 aprel kuni ertalabdan beri dronlarning ommaviy hujumi ostida qolmoqda. Novorossiysk, Anapa, Gelenjik, Soçi va boşqa şaharlarda ogohlantiriş tizimlari işlayapti. Kondratev Novorossiyskdagi vaziyatni eng murakkab deb atagan. U yerda sakkiz kişi, jumladan, ikki nafar bola jarohatlangan. Ularning barçasi şifoxonaga yotqizilgan.
Dronlar hujumi oqibatida şaharda oltita köp kvartirali va ikkita xususiy uyga şikast yetgan. Dron bölaklari bir neçta korxonalar hududidan topilgan. Krasnodar ölkasi tezkor ştabining aniqlik kiritişiça, dron parçalari Novorossiyskning Janubiy içki şahar tumanidagi köp qavatli uyga tekkan.
Rossiya Mudofaa vazirligining malum qilişiça, 5 aprel Moskva vaqti bilan soat 23:00 dan 6 aprel soat 07:00 gaça bölgan vaqt oraliğida havo hujumidan mudofaa tizimlari Rossiyaning törtta mintaqasi uzra 50 ta samolyot tipidagi dronni tutib olgan va yöq qilgan. Malumotlarga köra, dronlar Belgorod, Bryansk va Rostov viloyatlari, Krasnodar ölkasi hamda Azov va Qora dengiz akvatoriyalari uzra urib tuşirilgan.
Öz navbatida, Ukraina rasmiylari Rossiya qöşinlari 6 aprelga ötar keçasi Odessaga zarba beruvçi dronlar bilan hujum qilganini malum qilgan.
“Duşman turarjoy binolari, muhim infratuzilma obektlari va mamuriy binolarga zarba berdi. Köp qavatli uyga zarba berilgani qayd etildi”, deydi Ukraina Boş vaziri örinbosari Aleksey Kuleba.
Odessa viloyati harbiy mamuriyati rahbari Oleg Kiperning malumotlariga köra, Rossiya zarbasi oqibatida uç kişi halok bölgan: 30 yoşli ayol va uning ikki yarim yoşli qizi, şuningdek, yana bir 53 yoşli ayol.
Kiper özining Telegram-kanalida xabar berişiça, 15 kişi turli darajadagi jarohatlar olgan. Jabrlanganlar orasida homilador ayol va ikki nafar bola: 7 oylik öğil bola va 2 yoşli qizça bor.
“Odamlarning bir qismi oğir ahvolda. Şifokorlar bolalarning ahvolini örtaça oğirlikda deb baholamoqda”, deb yozdi u.Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati şikastlangan turarjoy binosi vayronalari ostida odamlar qolib ketgan bölişi mumkinligini malum qilgan. Idoraning Telegram-kanalida xabar berilişiça, avariya-qutqaruv işlari davom etmoqda, ularga, jumladan, maxsus örgatilgan itlar bilan kinologlar ham jalb etilgan.