USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyoda har yili qança odam öz joniga qasd qilişi aytildi

112 марта
Дунёда ҳар йили қанча одам ўз жонига қасд қилиши айтилди

Dunyoda har yili 727 ming kişi öz joniga qasd qiladi. 15 yoşdan 29 yoşgaça bölgan yoşlar orasida suitsid 2021 yilda ölim sabablari böyiça uçinçi örinni egallagan. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti xabar berdi.

Taşkilot malumotlariga köra, xavf omillari turliça: daromadi yuqori mamlakatlarda ular köpinça depressiya, alkogol qaramligi va ilgari suitsidga qilingan urinişlar bilan boğliq. Şu bilan birga, köpçilik inqiroz paytlarida – moliyaviy qiyinçiliklar, munosabatlarning uzilişi, xastalikka bardoş berolmay yoki uruşlar va ofatlar şaroitida şoşma-şoşarlik bilan impulsiv qadam qöyadi.

Diskriminatsiyaga duç keluvçi zaif toifalar, jumladan qoçqinlar, migrantlar, mahalliy tub aholi vakillari, şuningdek, mahkumlar yuqori xavf guruhiga kiradi.

Aholini himoya qiliş va suitsidlarning oldini oliş uçun Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti öz joniga qasd qiliş vositalaridan (pestitsidlar, öt oçiş qurollari, bazi dori-darmonlar) foydalaniş imkoniyatini çeklaşni, OAVda bu mavzuni masuliyat bilan yoritişni, ösib kelayotgan ösmirlarni emotsional va ijtimoiy könikmalarga örgatişni, şuningdek, suitsidga moyilligi bor odamlarni öz vaqtida aniqlab, ularga zarur yordam körsatişni tavsiya etadi.

Uşbu qadamlarni amalga oşiriş soğliqni saqlaş, talim, mehnat va qişloq xöjaligi sohalari, biznes, adliya tizimi, siyosiy tuzilmalar va media örtasida muvofiqlaştirişni, şuningdek, vaziyatni muntazam monitoring qilişni va moliyalaştirişni talab etadi. Stigmatizatsiya (tamğa) va taqiqlar jiddiy tösiq bölib qolmoqda, ular sababli odamlar yordam sörab murojaat qilmaydi.

Bugungi kunda atigi ozçilik davlatlar suitsidning oldini olişni ustuvor vazifalar qatoriga kiritgan va faqat 38 ta mamlakat bu sohada milliy strategiyani işlab çiqqan. Bundan taşqari, sifatli malumotlarning yetişmasligi saqlanib qolmoqda: JSSTning faqat 80 ta azo-davlatida işonçli demografik röyxatga oliş tizimi mavjud.

Malumot uçun, 10 sentyabr – Butunjahon suitsidning oldini oliş kuni sifatida 2003 yildan beri har yili nişonlab kelinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq har yili 840 mingdan ortiq odam işdagi noqulay psixologik muhit bilan boğliq kasalliklar sabab vafot etişi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: