USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Ukrainaning bir neçta hududlariga zarbalar berdi. Qurbonlar bor

98 марта
Россия Украинанинг бир нечта ҳудудларига зарбалар берди. Қурбонлар бор

Keça, 12 sentyabr kuni Rossiyaning Ukraina böylab amalga oşirgan havo hujumlarida kamida 10 kişi halok bölib, önlab odam yaralandi. Bu haqda Ukraina rasmiylari malum qildi.

Ukrainaning Kiyevdan ğarbda joylaşgan Jitomir viloyati gubernatori Vitaliy Buneçko Rossiya zarbasi oqibatida Zvyagel şahridagi oziq-ovqat dökonida ikki kişi halok bölganini bildirgan. Uning aytişiça, ikkita yoqilği quyiş şoxobçasi hamda xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonaga zarba berilgan.

Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat janubi-şarqidagi Zaporoje şahri va özining tuğilgan şahri Krivoy Rogga ham hujumlar uyuştirilganini malum qilgan. Zaporoje viloyati gubernatori Ivan Fyodorovning aytişiça, Zaporoje şahri va boşqa aholi punktlariga qilingan zarbalar oqibatida 2 kişi halok bölgan, 11 kişi yaralangan.

Krivoy Rog harbiy mamuriyati rahbari Aleksandr Vilkul esa şaharga keçasi dronlar va raketalar orqali berilgan zarbalarda 2 kişi halok bölganini aytgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi öz navbatida mamlakat qöşinlari Zaporoje şahridagi “Zaporojstal” metallurgiya korxonasi, Dneprdagi “Interpayp Stil” majmuasi va Krivoy Rogdagi bir qator sanoat obektlariga, jumladan, “Severniy gorno-obogatitelniy kombinat”ga zarba berganini bildirgan.

Şuningdek, Odessa viloyati gubernatori Oleg Kiperning malum qilişiça, tungi hujumlar oqibatida 37 kişi, jumladan, çaqaloq jarohatlangan. Yana 2 kişi bedarak yöqolgan. Rossiya Mudofaa vazirligi Moskva qöşinlari Ukraina portlariga zarbalarni davom ettirganini, Odessada harbiy maqsadlarda foydalaniş uçun yuk olib ketayotgan kemalardan biriga zarba berilganini ham malum qilgan.

Ukraina harbiylari esa Rossiyaning Samara viloyati Tolyatti şahridagi yirik sintetik kauçuk işlab çiqaruvçilaridan biri – “Tolyattikauçuk” korxonasiga zarba berilganini bildirgan. Ukraina tomoniga köra, hujumdan keyin korxona hududida yonğin çiqqan.

Ukraina harbiylari uşbu zavodda Rossiya raketalari yoqilğisida işlatiladigan sintetik kauçuk va yoqilği qöşimçalari işlab çiqarilişini bildirgan.

Samara viloyati gubernatori Vyaçeslav Fyodorişçev hududdagi sanoat obektlariga Ukraina dronlari hujum qilganini tasdiqlagan, ammo qaysi korxonalar zarar körgani yoki ularga qançalik jiddiy talafot yetganini aniq aytmagan.

Tolyatti meri Ilya Suxixning malum qilişiça, şaharda bir neçta turar joy binolari zararlangan va bir kişi yaralangan. Şuningdek, Rostov viloyatining Taganrog şahridagi alohida hujum natijasida törtta tijorat obektida yonğin çiqqan. Bu haqda şahar meri Svetlana Kambulova xabar bergan.

Sönggi ikki oy davomida Rossiyaning Ukrainadagi elektr stantsiyalari va boşqa infratuzilma obektlariga hujumlari kuçaygan. Şu bilan birga, Ukraina ham Rossiyaning uzoq hududlaridagi energetika obektlari va omborlarga zarbalar bermoqda. Ikki tomon ham Qora dengiz va boşqa hududlardagi kemalarga qarşi hujumlarni kuçaytirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya qöşinlari “Geran” rusumli uçuvçisiz uçiş apparatlari yordamida Kiyev yaqinidagi Gostomelda harbiy yuklar saqlanadigan logistika omboriga zarba bergandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: