Hafta davomida qanday ob-havo böladi?
Uşbu hafta davomida Özbekiston hududi böyiça biroz iliq ob-havo bölişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Unga köra, havo harorati sentyabr oyi örtasiga xos bölgan iqlimiy meyorlarga yaqin bölib, keçalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja, janubda 35-37 darajagaça böladi.
Respublika hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Farğona vodiysining ayrim joylarida joriy yilning 16 sentyabr kuni biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentyabrda respublika böyiça bazi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Özbekistonning toğli hududlarida joriy yilning 14-17 sentyabr kunlari bazi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
Şuningdek, Toşkentda 14-17 sentyabr kunlari havo asosan kam bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçalari 15-18 daraja, kunduz kunlari 30-33 daraja böladi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.