YeI ortidan Kanada ham Ukrainaga yordam qölini çözmoqçi
Kanada Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ajratiladigan 90 milliard yevrolik kredit dasturiga qöşilmoqçi. Tomonlar Kanada hissasi miqdorini joriy yilning oktyabr oyi oxirida Monrealda bölib ötadigan YeI – Kanada sammitigaça kelişib olişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Kanada uşbu kredit dasturiga qöşiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Kanada Boş vaziri Mark Karni mamlakatning dasturdagi iştiroki orqali Yevropa bilan transatlantik aloqalarni mustahkamlaşga sodiqligini namoyiş etmoqçi. U Kanadaning AQŞga qaramligini kamaytiriş va Yevropa bilan hamkorlikni kengaytirişga intilmoqda.
Malumotlarga köra, hozirça Yevropa Ittifoqiga azo bölmagan va mazkur kredit dasturiga qöşilgan yagona davlat Buyuk Britaniya bölib qolmoqda.
Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ajratadigan 90 milliard yevrolik krediti 2026–2027 yillarda mamlakatning byudjet va mudofaa ehtiyojlarini qoplaşga möljallangan. Mablağning 30 milliard yevrosi makroiqtisodiy va byudjet yordami uçun, 60 milliard yevrosi esa mudofaa sanoati va harbiy texnika xarajatlariga yönaltiriladi.
Kiyev uşbu kredit böyiça dastlabki mablağlarni ham ola boşlagan. Moliyaviy yordam Ukrainadagi islohotlar va huquq ustuvorligini taminlaş, jumladan, korruptsiyaga qarşi kuraş böyiça şartlar bilan boğlangan.
Malumot uçun, Kanada Ukrainaga 6,5 milliard Kanada dollari miqdorida harbiy yordam ajratganini bildirgan. Kanada hukumati esa joriy yilning 10 sentyabr kuni Mark Karni va Vladimir Zelenskiy uçraşuvida uruş boşlanganidan beri Kanadaning Ukrainaga harbiy yordami 8,5 milliard Kanada dollaridan oşganini malum qilgan. Şuningdek, Ottava Ukrainani tiklaş va qayta quriş uçun 750 milliondan ortiq mablağ ajratgan.
Bundan taşqari, Kanada AQŞ bilan savdo uruşi fonida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytirişga intilmoqda. Ottava YeI superkompyuterlar tarmoğiga qöşiliş, suniy intellekt sohasida hamkorlik qiliş va Bryussel bilan raqamli savdo töğrisida bitim imzolaşni ham rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kanada Ukrainaga Rossiya raketa hujumlaridan himoyalanişi uçun 350 million Kanada dollari miqdorida havo mudofaasi raketalarini yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişgan edi.