Hujjat imzolandi: Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiya mustaqil bölmoqçi
Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiya yetakçilari öz taqdirini özlari belgilaşi va Britaniyadan mustaqil böliş töğrisida memorandum imzoladi. Ular öz millatlari kelajagini Yevropa Ittifoqida körmoqda. Bu haqdagi bayonot Şotlandiyaning SNP partiyasi tomonidan X ijtimoiy tarmoğida elon qilindi.
Bayonotda Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiya birinçi vazirlari – Jon Suinni (SNP partiyasi), Rin ap Iorvert (Plaid Cymru partiyasi) va Mişel ÖNil (Sinn Féin partiyasi) muhim hujjatni imzolaganini malum qilgan.
“Şotlandiya, Şimoliy Irlandiya va Uels yetakçilari birgalikda işlaş uçun mustaqillik töğrisidagi memorandumni imzoladilar. Barça millatlar öz kelajagini belgilaş huquqiga ega bölişi kerak”, deyiladi bayonotda.
Şuningdek, memorandum nusxasi ham keltirilgan. Unda aytilişiça, Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiya öz tarixi, özligi va siyosiy ananalariga ega.

“Millatlarimiz öz kelajagini demokratik yöl bilan belgilaş huquqiga ega. Biz özimiz vakillik qilayotgan millatlar va jamoalar kattaroq iqtisodiy imkoniyatlar erkinligiga hamda öz kelajagini belgilaşda yanada kuçliroq ovozga loyiqdir, degan işonçni baham köramiz.
Orollardagi siyosiy manzara özgarmoqda. Tarixda ilk bor Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiya birinçi vazirlari Buyuk Britaniyadan mustaqil böliş ğoyasiga birgalikda sodiqdirlar”, deyiladi hujjatda.
Birinçi vazirlar “Vestminster davri öz yakuniga yetmoqda”, deb hisoblaşlarini bildirmoqda.
“Biz bundan ham yaxşiroq yöl borligiga işonamiz: teng huquqlilikda birgalikda işlaydigan, ğoya va tajriba almaşadigan hamda özaro hurmat va umumiy manfaatlarga asoslangan munosabatlarni quradigan millatlar. Harakatimiz jadallaşmoqda. Biz konstitutsiyaviy özgarişlar muqarrar ekaniga işonamiz.
Brexit iqtisodiyotimizga zarar yetkazdi va xalqimiz uçun imkoniyatlarni çeklab qöydi. Mamlakatlarimiz kelajagi Yevropa Ittifoqiga tegişli deb hisoblaymiz.
Biz Britaniya hukumatini har bir yurisdiktsiyada konstitutsiyaviy özgarişlarni tayyorlaş, rejalaştiriş va unga kömaklaşişga çaqiramiz. Kelajak mamlakatlarimiz işonç bilan hamkorlik qila oladigan, öz nomidan gapiradigan va bir-biri hamda qolgan dunyo bilan tenglik, hurmat va özaro manfaatdorlik asosida munosabatlar qura oladigan bölişi kerak”, deyiladi memorandumda.
Malumot uçun, Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiyaning Britaniya tarkibiga kiriş tarixi turli davrlarga borib taqaladi. Uels XIII asrdayoq Angliya tomonidan egallangan bölsa-da, uning töliq siyosiy va huquqiy integratsiyasi 1536 va 1542 yillardagi Uels haqidagi dalolatnomalar (Acts of Union) orqali amalga oşirilgan. Şotlandiya va Angliya esa 1603 yildan beri umumiy monarxga ega edi, biroq ularning yagona “Buyuk Britaniya Qirolligi”ga birlaşişi va yagona Vestminster parlamentining taşkil etilişi 1707 yildagi Ittifoq dalolatnomasi bilan mustahkamlangan. Şimoliy Irlandiyaning tarixi esa nisbatan murakkabroq bölib, butun Irlandiya oroli 1801 yilda Birlaşgan Qirollik tarkibiga kiritilgan, ammo 1921 yildagi ajralişdan söng orolning şimoliy qismi Britaniya tarkibida qolgan. Şunga köra, Uels qariyb 500 yildan beri, Şotlandiya 319 yildan beri, Şimoliy Irlandiya esa hozirgi maqomida 105 yildan beri Britaniya tarkibida mavjud.