Rossiya razvedkasi AQŞ va Ukrainaning “hamtovoq”larini öldirişga uringan – FQB
Rossiya razvedka xizmatlari AQŞ va Ukrainani qöllab-quvvatlayotgan Yevropa davlatlarida ayrim şaxslarni kuzatiş va öldirişni rejalaştirgan. Bu haqda AQŞ Federal qidiruv byurosi (FQB) rasmiylari malum qildi.
Manxetten federal sudida oşkor qilingan ayblov xulosasiga köra, Rossiya razvedka xizmatlari bilan boğliq tarmoq AQŞ va boşqa davlatlarda nişonga olingan şaxslarni kuzatiş va keyinçalik öldiriş uçun odamlarni yollagan hamda ularga pul tölaşga uringan. Tarmoqqa jalb qilingan şaxslardan, şuningdek, Ukrainaga ittifoqçi deb qaralayotgan Yevropa davlatlaridagi fuqarolik va harbiy infratuzilmalarga qarşi terrorçilik harakatlarini amalga oşiriş söralgan.
Nyu-Yorkdagi Federal qidiruv byurosi (FQB) bölimi rahbari Jeyms Barnakl taşkilot azolari Rossiya razvedka xizmatlari va ularning hamkorlari bilan birgalikda AQŞ hududida hamda butun dunyoda odamlarni qörqitiş, tahdid qiliş yoki öldiriş uçun til biriktirganini aytgan.
“FQB tinmay mehnat qiliş orqali bu rejalarni barbod qildi”, degan u.
Vaşingtondagi FQB bölimi rahbari Darren Koks ham bir neçta FQB bölimlari va hamkor taşkilotlarning birgalikdagi say-harakatlari Rossiyaning AQŞ poytaxti va mamlakat böylab zöravonlik harakatlarini amalga oşirişga urinişlarini töxtatganini bildirgan. Uning aytişiça, tahdid aniqlanganidan söng FQBning Vaşingtondagi bölimi va hamkorlari rejani töxtatiş hamda Rossiya hukumatini öz harakatlari uçun javobgarlikka tortiş maqsadida tezkor çoralar körgan.
AQŞ federal rasmiylarining malumotiga köra, Rossiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qiluvçi şaxslar tarmoği kamida 2024 yildan buyon butun dunyo böylab, jumladan AQŞ hududida ham hujumlar va qotilliklarni rejalaştirgan hamda ayrimlarini amalga oşirgan.
Rasmiylar uşbu tarmoqni Rossiyaning dunyo böylab taşqi hujumlarni, jumladan qotilliklarni amalga oşiriş uçun taşkil etilgan apparatining bir qismi deb atagan.
Avvalroq tarmoq asosan Rossiya dissidentlari va mamlakatdan qoçib ketgan sobiq amaldorlarni nişonga olgan. Biroq sönggi vaqtlarda u Ukrainaga ittifoqçi deb qaralayotgan davlatlarga etibor qaratgan.
Bayonotga köra, yaqinda tarmoq azolari AQŞ hududida bir neçta odamni yollaşga uringan. Rasmiylarning aytişiça, ular joriy yilning yozida AQŞda yaşovçi bir şaxsni taniqli rossiyalik dissidentni kuzatiş va öldiriş uçun yollagan.
Ayblov xulosasida “AQŞ rezidenti-1” deb körsatilgan şaxs nişonga olingan jabrlanuvçi bilan boğliq ikki manzilga yuborilgani aytilgan. Unga kuzatuvni qanday olib boriş böyiça aniq körsatmalar berilgan va buning evaziga 1 ming hamda 1,5 ming dollar miqdorida haq vada qilingan.
AQŞ rezidenti kuzatuv işlarini olib borib, nişonga olingan şaxs bilan boğliq manzillarning bir neçta fotosurati va videolarini ayblov xulosasida körsatilgan erkaklardan biriga taqdim etgan.
Keyinçalik unga nişonni qotillik yöli bilan “yöq qiliş” yoki “ğoyib qiliş” uçun 40 ming dollar taklif qilingan. Biroq AQŞ rezidenti bu taklifni rad etgan.
Ayblov xulosasida aytilişiça, taklif rad etilgaç, uni bergan Rossiya razvedka xizmati azosi AQŞ hududida bu işni bajariş uçun boşqa bir neçta odamni jalb qilişga uringan. Buning uçun ularga katta miqdorda pul taklif qilingan.
Mazkur iş böyiça jami 5 kişiga nisbatan ayblov elon qilingan, biroq ularning heç biri hozirça qölga olinmagan.