Rossiyadan taklif: AQŞ Ukrainaga yordamni töxtatsa, Moskva Eron bilan razvedka aloqalarini töxtatadi
21-03-2026, 06:17
106 марта

Rossiyadan taklif: AQŞ Ukrainaga yordamni töxtatsa, Moskva Eron bilan razvedka aloqalarini töxtatadi
Rossiya AQŞga Eron va Ukraina masalalarini boğlovçi ğayrioddiy taklif bilan çiqqan. Bu haqda muzokaralarga yaqin manbalar malum qildi.Malumotlarga köra, Moskva Vaşingtonga Rossiya Eron bilan razvedka malumotlari almaşişni töxtatadi, biroq evaziga AQŞ Ukrainaga razvedka yordamini töxtatişi kerak.
Aytilişiça, uşbu taklif Rossiya vakili Kirill Dmitriyev tomonidan AQŞ prezidenti mamuriyati vakillari – Stiv Uitkoff va Jared Kuşnerga yetkazilgan.
Manbalarga köra, Vaşington bu taklifni qabul qilmagan. AQŞ rasmiylari mazkur masala böyiça oçiq izoh bermagan.
Bu kabi taklifning öziyoq Yevropa diplomatlarida xavotir uyğotgan. Ularning fikriça, Rossiya AQŞ va Yevropa örtasida ixtilof çiqarişga hamda transatlantik munosabatlarni zaiflaştirişga harakat qilyapti.
Malumotlarga köra, sönggi vaqtlarda Rossiya va Eron örtasida razvedka va harbiy hamkorlik kuçaygan. Ayrim xabarlarda Moskva Eronga sputnik tasvirlari va dron texnologiyalari taqdim etayotgani aytilgan. Biroq Kreml bu xabarlarni rad etgan.
Ayni paytda Vaşingtonning Ukrainaga boşqa turdagi yordami qisqargan bölsa-da, Qöşma Ştatlar hozirgaça Ukraina bilan razvedka malumotlarini almaşişni davom ettirmoqda. Bu Kiyev uçun eng muhim qöllab-quvvatlaş vositalaridan biri hisoblanadi.