USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin işongan general uruşda halok böldi

190 марта
Путин ишонган генерал урушда ҳалок бўлди

Rossiya armiyasidagi 4-alohida motoöqçilar brigadasiga qömondonlik qilgan general-mayor Anton Grunis uruşda halok böldi. Bu haqda “Axmat” maxsus kuçlari qömondoni Apti Alaudinov va Suvorov bilim yurti bitiruvçilarining “Suvorovskoye bratstvo” Telegram-kanali xabar berdi.

Grunisning aynan qanday halok bölgani hozirça nomalum. “Vajniye istorii”ning yozişiça, sizdirilgan malumotlarga qaraganda, u Lugansk viloyatining okkupatsiya qilingan qismidagi Alçevsk şahriga biriktirilgan bölgan. Uning ölimi haqidagi xabarlardan bir neça kun oldin, joriy yilning 13 sentyabr kuni Ukraina Qurolli kuçlari uşbu şahardagi obektlarga zarba bergan. Ukraina tomoni taminot ombori hamda rossiyalik harbiylar qurol va texnika saqlagan joy yöq qilinganini malum qilgan. “Exilenova+” monitoring kanali malumotlariga köra, öşanda Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) Alçevsk yaqinidagi Karpati qişloğida joylaşgan texnikaga hujum qilgan. Grunisning ölimi uşbu zarbalar bilan boğliqmi-yöqmi, nomalum.

Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişdan oldin Grunis Rossiyaning Çeçeniston, Gruziya va Suriyadagi harbiy kampaniyalarida, şuningdek, Qrimning anneksiya qilinişida iştirok etgan.

Oxirgi vaqtlarda u Donetsk viloyatidagi Konstantinovkaga hujum qilayotgan brigadaga qömondonlik qilayotgan bölgan. Iyul oyida Grunis Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga şahar egallangani haqida hisobot bergan, bir oy ötib esa Rossiya Qahramoni unvonini olgan.

Biroq Konstantinovka töliq Rossiya nazoratiga ötgani yöq. “Black Bird Group OSINT” loyihasi va Uruşni örganiş instituti (ISW) şahar hududida janglar davom etayotganini qayd etmoqda. Rossiyaning uruşparast “Ribar” kanali ham Ukraina pozitsiyalari u keng “kulrang hudud” deb belgilagan hududda saqlanib qolayotganini körsatmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saratov viloyatining Engels şahrida nomalum şaxs Rossiya Fazo-kosmik kuçlari (FKK) zobitiga suiqasd qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: