“Geran”lar Ukraina Qurolli kuçlarining harbiy omborini yöq qildi
Rossiya qöşinlari “Geran” rusumli uçuvçisiz uçiş apparatlari yordamida Kiyev yaqinidagi Gostomelda harbiy yuklar saqlanadigan logistika omboriga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik bugun, 12 sentyabr kuni Ukraina Qurolli kuçlariga tegişli harbiy yuklar saqlanadigan logistika omboriga zarba berilgani aks etgan videolavhalarni elon qilgan.
Qayd etilişiça, Rossiya Qurolli kuçlari “Geran” dronlari bilan Kiyev yaqinidagi obektga hujum qilgan. Hujum nişoni Kiyev viloyatidagi Gostomel aholi punktida joylaşgan logistika ombori bölgan.
Eslatib ötamiz, Rossiya joriy oy boşidan buyon Ukrainaning bir neçta muhim obektlarini bombardimon qilmoqda. Şuningdek, Rossiyaning nişonlar röyxatidan Ukrainaning savdo infratuzilmasi, strategik zonalar hamda fuqarolik obektlari ham örin olgan.
Xususan, 5 sentyabr kuni Rossiya Ukrainadagi muhim obektlarni bombardimon qilgan edi. Şu bilan birga, Rossiya Qurolli kuçlari Xarkov viloyatida Ukraina qöşinlarining harbiy texnikalariga dronlar orqali zarba ham bergan. Bundan taşqari, joriy yilning 10 sentyabr kuni Rossiya Qurolli kuçlari Ukraina data-markazlarini nişonga olgandi.