Rossiya Ukrainadagi data-markazlarni bombardimon qildi
Rossiya Qurolli kuçlari ötgan tunda Ukraina data-markazlarini nişonga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“Ukrainaning harbiy-sanoat majmuasi obektlari va uçuvçisiz uçiş apparatlarini işlab çiqariş hamda saqlaşda foydalaniladigan logistika markazlari, şuningdek, Kiyev şahri, Kiyev, Xmelnitskiy va Dnepropetrovsk viloyatlaridagi data-markazlar nişonga olindi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Hujum vaqtida nişonga olingan obektlardan biri Kiyevdagi “Bi-mobil” data-markazi bölib, u razvedka malumotlarini uzatiş va qayta işlaş bilan şuğullangan.
Şuningdek, dronlar va ular uçun ehtiyot qismlar saqlanadigan joylar – Kiyev viloyatidagi “Gostomel” logistika markazi, Xmelnitskiydagi “Novaya poçta” logistika markazining innovatsion terminali, Dnepropetrovsk viloyatidagi “Dnepr” logistika markazi ham nişonga olingan.
Bundan taşqari, Odessadagi avtomobil agregatlari zavodi, Odessa viloyatining Vizirka qişloğidagi uçuvçisiz uçiş apparatlari uçun ehtiyot qismlar ombori hamda Çernomorsk portidagi harbiy yuklarni taşiyotgan ikkita kema, harbiy kater, yoqilği-moylaş materiallari saqlanadigan rezervuarlar hamda Ukraina Qurolli kuçlari mulki saqlanadigan ombor ham hujumga uçragan. Yana bir harbiy yuk ortilgan quruq yuk kemasi Odessa tomon yölda dengizda nişonga olingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga köra, Ukraina tomonidan uyuştirilgan hujumlarga javoban Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuçlari NATO mutaxassislari bilan birgalikda foydalanadigan qaror qabul qiliş markazlari, korxonalar va omborlarga zarba bermoqda. Rossiya harbiylari Kiyev va Ukrainaning boşqa hududlaridagi nişonlarni yöq qilişga qodir bölgan zarbdor dronlar hamda uzoq masofaga uçuvçi yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Saratov şahridagi Ozon kompaniyasining logistika markaziga hujum qilgan edi.