USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyadan javob zarbasi: Ukrainaning muhim obektlari nişonga olindi

147 марта
Россиядан жавоб зарбаси: Украинанинг муҳим объектлари нишонга олинди

Rossiya harbiylari bugun, 28 avgust kuni Ukraina hududidagi bir qator obektlarga zarba berdi. Hujumlar oqibatida Zaporoje şahridagi “Epitsentr” savdo markazida yonğin çiqdi, Sumi va Kiyev viloyatidagi “Novaya poçta” logistika markazlari zararlandi. Bu haqda Zaporoje viloyati rahbari Ivan Fedorov malum qildi.

Qayd etilişiça, hujum oqibatida tört kişi jarohatlangan. Fedorov hujumdan söng yonayotgan savdo markazining foto va videolarini ham elon qilgan. Şuningdek, Rossiyaning ommaviy hujumi oqibatida Ukrainaning Sumi va Kiyev viloyatlaridagi “Novaya poçta” kompaniyasiga tegişli saralaş markazlari vayron qilingan. Bu haqda kompaniyaning özi xabar bergan.

Malum qilinişiça, Sumi şahrida Rossiya harbiylari omborga aviabombalar bilan zarba bergan. Kiyev yaqinidagi saralaş markazi esa Rossiya droni hujumiga uçragan. Kompaniya xodimlari orasida jabrlanganlar yöq.

Kiyev viloyati mahalliy hokimiyati malumotlariga köra, “Novaya poçta” omboridan taşqari, işlab çiqariş obekti ham Rossiya zarbasiga uçragan. Mazkur obektning aynan nima ekani oçiqlanmagan. Hujum oqibatida bir kişi halok bölgan, yana ikki kişi jarohatlangan.

Bundan taşqari, keça, 27 avgust kuni keçqurun Rossiya dronlari Xarkov viloyatining Zmiyov şahriga ham zarba bergan. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati malum qilgan.

Xabarga köra, zarbalardan biri aholi yaşaş hududiga kelib tuşgan. Odamlar bölgan ikkita xususiy uyda yonğin çiqqan. Hujum oqibatida bir kişi halok bölgan, ikki kişi, jumladan, bir bola jarohatlangan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa tunda Rossiya harbiylari Ukraina hududidagi logistika markazlari va dengiz portlariga zarba berganini bildirgan. Vazirlik bu obektlardan “Ukraina Qurolli kuçlari manfaatlari yölida” foydalanilganini takidlagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi malumotlariga köra, zarbalar nişonlari qatorida Kiyev viloyatidagi qanotli Flamingo raketalari saqlangani aytilgan ombor ham bölgan. Şuningdek, Odessa portidagi “harbiy maqsadlardagi mol-mulk” saqlanadigan omborlarga ham zarba berilgani aytilgan.

Eslatib ötamiz, Rossiyaning Orenburg va Ufa şaharlaridagi Ozon kompaniyasining logistika obektlari keça, 27 avgustga ötar keçasi Ukraina dronlari hujumiga uçragan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: