Rossiya bir sutkada qariyb 2 ming harbiy xizmatçisini yöqotdi
Bugun, 17 sentyabr kuni Rossiya qöşinlarining Ukrainaga qarşi uruşdagi jangovor yöqotişlari 1 million 513 ming 490 nafarga yetdi. Sönggi bir sutkada esa Rossiya 1 960 nafar harbiy xizmatçisini yöqotdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi malumotlariga tayanib “Ukrinform” xabar berdi.
Qayd etilişiça, uruş boşlanganidan buyon Rossiya qöşinlari 12 346 ta tank, 25 345 ta zirhli jangovor maşina, 49 863 ta artilleriya tizimi, 2 139 ta köp martalik raketa tizimi, 1 645 ta havo hujumidan mudofaa tizimi va 442 ta samolyotini yöqotgan.
Şuningdek, Rossiya tomonining yöqotişlari qatorida 356 ta vertolyot, 2 644 ta quruqlikdagi robotlaştirilgan tizim, 520 508 ta tezkor-taktik uçuvçisiz uçiş apparati, 5 111 ta qanotli raketa, 35 ta harbiy kema va kater hamda 2 ta suvosti kemasi bor.
Bundan taşqari, 150 018 ta transport vositasi va yonilği tsisternasi hamda 4 697 ta maxsus texnika yöq qilingan.
Sönggi bir sutkada Rossiya 1 ta tank, 6 ta zirhli jangovor maşina, 43 ta artilleriya tizimi, 7 ta köp martalik raketa tizimi, 3 ta havo hujumidan mudofaa tizimi, 14 ta quruqlikdagi robotlaştirilgan tizim, 1 439 ta uçuvçisiz uçiş apparati, 461 ta transport vositasi va yonilği tsisternasi hamda 5 ta maxsus texnikasini yöqotgan.
Ukraina Boş ştabi malumotlariga köra, samolyotlar, vertolyotlar, qanotli raketalar, harbiy kemalar, suvosti kemalari böyiça sönggi bir sutkada yangi yöqotiş qayd etilmagan.
“Ukrinform” xabariga köra, Ukraina Mudofaa kuçlari vaqtinça bosib olingan Qrimdagi Saki aviabazasida Rossiyaning Su-24 samolyotini ham urib nişonga olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi har oylik yöqotişlari yangi yollanganlar sonidan taxminan 6 ming kişiga köproq yöqotişlarni taşkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.