AQŞ kosmosdagi janglarga tayyorgarlik körmoqçi
Amerika harbiylari nafaqat Yer orbitasida, balki Oy atrofida ham harbiy harakatlar olib borişga tayyorlanişi kerak. Bu haqda keça, 16 sentyabr kuni Air, Space and Cyber konferentsiyasida AQŞ Prezidenti Donald Trampning boş harbiy maslahatçisi, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi rahbari general Den Keyn malum qildi.
Uning sözlariga köra, mamlakat qurolli kuçlari “dengiz tubidan tortib Oy atrofidagi fazogaça” bölgan sönggi nuqtalarda “jang qilişga, bardoş berişga va ğalaba qozonişga” tayyor bölişi lozim.
AQŞ Kosmik kuçlari qömondoni general-leytenant Gregori Ganon insoniyat “kosmosga yanada çuqurroq kirib borayotganini” va amerikalik harbiylarning vazifasi “AQŞ manfaatlarini himoya qiliş” ekanini alohida takidlagan.
“XXR kabi bizning ehtimoliy raqiblarimiz kosmosning bazi qismlarida faol faoliyat olib bormoqda”, deydi Ganon.
U, şuningdek, keyingi beş yil içida Kosmik kuçlar şaxsiy tarkibi 25 ming harbiy xizmatçigaça oşirilişi mumkinligini qöşimça qilgan. Amerikalik harbiylarning uşbu bayonotlari AQŞ tomonidan fazoga kosmik qurol çiqarilgani tasdiqlanganidan bir neça kun ötib yangradi.
Malumot uçun, Kosmik kuçlar – AQŞ armiyasidagi yangi qöşin turi hisoblanadi. Ular 2019 yilda Trampning birinçi prezidentlik muddati davrida taşkil etilgan. Xitoy esa kosmosdagi inqirozli vaziyatlarga javob qaytariş uçun 2024 yilda öz harbiy kosmik bölinmalarini tuzgan. Amerika qurolining kosmosga çiqarilişiga javoban XXR Taşqi işlar vazirligi Pekin “kosmik fazoda qurol joylaştiriş, militarizatsiya va qurollaniş poygasiga qarşi” ekanini malum qildi.
“Associated Press”ning qayd etişiça, amerikalik harbiylarning kosmosda harbiy harakatlarga tayyorgarlik köriş haqidagi bayonotlari fazodan foydalaniş böyiça xalqaro konventsiyalar va kelişuvlarga zid. Xususan, AQŞ va Xitoy tomonidan 1967 yilda imzolangan Kosmos töğrisidagi şartnoma Oy va boşqa samoviy jismlardan “faqat tinçlik maqsadlarida” foydalanişni töğridan töğri nazarda tutadi. Hujjat, şuningdek, kosmosda yadroviy va ommaviy qirğin qurollarini joylaştirişni taqiqlaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ kosmik hududni nazorat qiliş uçun Yer orbitasiga qurol joylaştirganini ilk bor rasman elon qilgandi.