AQŞ kosmosga doir maxfiy malumotni oçiqladi
AQŞ kosmik hududni nazorat qiliş uçun Yer orbitasiga qurol joylaştirganini ilk bor rasman elon qildi. Bu haqda AQŞ Harbiy-havo kuçlari vaziri Troy Meynk malum qildi.
Meynkning aytişiça, AQŞ öz qurolli kuçlarini raqiblarning duşmanona harakatlaridan himoya qilişga qodir bölgan orbitadagi qurollariga ega.
“Biz tahdidlar qayerda paydo bölişidan qati nazar, özgarib borayotgan xavflarga tayyorgarlikni taminlaşda davom etmoqdamiz. Şu sababli AQŞ hozirda kosmik hududni nazorat qilişga möljallangan va qurolli kuçlarimizni raqiblarning duşmanona harakatlaridan himoya qila oladigan orbitaga joylaştirilgan qurolga ega”, degan Meynk AQŞ Havo va kosmik kuçlar assotsiatsiyasi konferentsiyasida.
“Air & Space Forces Magazine” naşrining qayd etişiça, bu AQŞ rasmiylari mamlakatda orbitaga joylaştirilgan kosmik qurol mavjudligini birinçi marta oçiq malum qilişi hisoblanadi.
Meynk öz bayonotini puxta öylanganini va undagi sözlar juda ehtiyotkorlik bilan tanlanganini takidlagan. Biroq u orbitaga joylaştirilgan qurolning aynan qanday körinişda ekani va uning imkoniyatlari haqida batafsil malumot berişdan boş tortgan.
“Men bilişimça, avval birorta amerikalik bunday rasmiy bayonot bermagan. Endi AQŞ xitoyliklar va rossiyaliklar ham xuddi şunday iş tutişi yoki bayonot berişiga könikişiga töğri keladi. Bu AQŞ milliy xavfsizligi manfaatlariga mos keladi, deb öylamayman”, degan Kosmik xavfsizlik böyiça ekspert Viktoriya Semson “Defence One” naşriga bergan intervyusida.
AQŞ kosmosga aynan qanday qurollarni joylaştirgan bölişi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, Semson bu kinetik qurol emas, balki kosmik radioelektron kuraş vositalari bölişi mumkinligini taxmin qilgan.
Malumot uçun, 2024 yilda AQŞ Rossiyaning boşqa suniy yöldoşlarga hujum qiliş imkoniyatiga ega bölgan suniy yöldoşni kosmosga joylaştirganini malum qilgandi. Öşa paytda Vaşington Moskvaning yadro zaryadini olib yuruvçi suniy yöldoşni ham kosmosga çiqarişni rejalaştirayotgani haqida ogohlantirgan.
Rossiya bu xabarlarni “hiyla” deb atagan. Şu bilan birga, Moskva BMT Xavfsizlik kengaşida kosmosga yadro qurolini joylaştirmaslik töğrisidagi rezolyutsiya qabul qilinişiga tösqinlik qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy harbiylari Starlink suniy yöldoşlarini yöq qiliş salohiyatiga ega bölgan impulsli qurol işlab çiqqandi.