Rossiya kosmosga raketa uçirdi
28-11-2025, 07:46
287 марта

Rossiya kosmosga raketa uçirdi
Bugun, 27 noyabr kuni Rossiyaning “Soyuz MS-28” kosmik kemasi Qozoğistondagi Bayqönğir kosmodromidan Xalqaro kosmik stantsiya (XKS)ga uçirildi. Bu haqda “Sputnik Kazaxstan” xabar berdi.Xabarga köra, “Soyuz 2.1a” raketasi Toşkent vaqti bilan 14:28 da muvaffaqiyatli uçirilgan. Kema bortida ikki rossiyalik kosmonavt va bir nafar NASA astronavti parvoz qilgan.
Ekipaj tarkibidan Sergey Kud-Sverçkov — qömondon sifatida özining ikkinçi kosmik parvoziga çiqmoqda, yana bir rossiyalik kosmonavt Sergey Mikayev va NASA astronavti Kristofer Uilyams esa ilk bor koinotga yöl oldi.
Uçiriş rejasi böyiça, kosmik kema Yer atrofida ikki marotaba aylangaç, Xalqaro kosmik stantsiyaning “Rassvet” moduliga avtomatik tarzda ulanadi.
Ekipaj stantsiyada sakkiz oy davomida işlaydi. Ularning Yerga qaytiş vaqti 2026 yil iyul oyining oxiriga rejalaştirilgan.